Chjou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chjou — Qad.Xitoy tarixida xitoy sulolasi va davri nomi [miloddan avvalgi 1027— 256(yoxud 249)]; Gʻarbiy Ch. (miloddan avvalgi 1027771) va Sharqiy Ch. [770-256(yoxud 249)]. Sulolaga Chjou kabilasi sardori U Van tomonidan asos solingan. U Van 1027 yil In davlatini tormor qilib Shim. Xitoydagi barcha qabilalar va hududlarni birlashtirgan. Mamlakatni boshqarish uchun qarindoshoʻrugʻlarga, van (podshoh)ning safdoshlari va ittifoqchilariga udel(mulklar) ajratib berish usulidan foydalanilgan. Ch. zodagonlari harbiy drujinachilarga tayanib ish koʻrgan, ular orasida begona qabila, t. . .illari koʻp boʻlgan. Shuning uchun Ch. hukmronligi nafaqat ijtimoiy balki qabilaviy zulmni ham kuchayishiga olib kelgan. Udellarning markaziy hukumat bilan kurashi va udellar urtasidagi oʻzaro nizolar ularning ayrimlarini yoʻq boʻlishiga va yangi podsholiklar — mustaqil yoki yarim mustaqil davlatlarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi 8-asrdan, Chuntsyu davridan eʼtiboran Ch. vanlari hokimiyati zaiflashgan, miloddan avvalgi 7— 6-asrlarda mamlakatda amadda eng qudratli podsholiklar — "gegemonlar" hukm sura boshlagan. Chjango davrida (miloddan avvalgi 5—3-asrlar) mamlakatda hukmronlik qilish uchun kurashayotgan yettita kuchli podsholik ajralib chiqqan. Ch. sulolasi hokimiyati zaiflashib, u faqat Ch.larning urugʻlariga tegishli mulklarga tarqalgan, xolos. Ularni ham Sin podsholigi miloddan avvalgi 256—249 yillarda bosib olgan.

CH. davrida miloddan avvalgi 6-asrdan boshlab temir tarqala boshlagan, bu ishlab chiqarish kuchlarini keskin oshishiga, yer haydashni yaxshilanishiga olib kelgan. Ch. davri bir qancha falsafa maktablari (konfutsiylik, daosizm, fatszya va boshqalar) vujudga kelishi, adabiyot, tasviriy va musiqa sanʼatining taraqqiy etishi bilan ajralib turadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Istoriya Kitaya s drevneyshix vremyon do nashix dney, M., 1974.