Pechal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Pechal“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Zvezda po imeni solnse“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1989
Yozib olingan 1988
Janr post-pank
Indi rok
yangi toʻlqin
Chamber pop
Davomiyligi 5:33
Leybl General Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Zvezda po imeni solnse“ xronologiyasi
„Stuk“ Pechal „Aprel“
Klipi
„Pechal“ YouTubeda

Pechal“ (ruscha: Печаль, yaʼni „Qaygʻu“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1989-yil eʼlon qilingan ayni nomli studiyaviy albomiga sakkizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq Fransiyada yozib olingan „Posledniy geroy“ albomiga ham kiritilgan.

„Pechal“ qoʻshigʻi guruh faoliyatining soʻnggi yillaridagi konsertlarda tez-tez ijro etilgan. Tarona Valeriy Leontyevga tegishli studiyada yozib olingan. „Posledniy geroy“ albomiga kirgan versiya esa Fransiyada yozib olingan.

Qoʻshiq yozilishi tarixi haqida produser va yozuvchi Oleg Kovriga xotiralaridan maʼlum. Kovriga 1980-yillarda kvartiralarda konsertlarni uyushtirgan. 1985-yilning yanvarida Kovriga Aleksandr Nesmelov uyida „Kino“ guruhi solisti Viktor Soy va Mayk Naumenkoning konsertini uyushtirgan.

Soy va Naumenko Nesmelovning kvartirasida konsert uyushtirishdi va Vitya [Viktor Soy] hamda uy egasi oʻrtasida quyidagi suhbat boʻldi: Vitya soʻradi: „Salom, kimyo! Ishlaring qalay?“ Sasha javob berdi: „Hammasi yaxshi: uy turibdi, chiroq yoniq“. Soy dedi: „O! Bu xuddi qoʻshiq soʻzlari kabi…“ Biroz vaqt oʻtgach, „Kino“ repertuarida ushbu soʻzlar bilan kompozitsiya paydo boʻldi[1].

1989-yilda „Pechal“ qoʻshigʻi uchun klip suratga olingan. „Zvezda po imeni Solnse“, „Stuk“ va „Pachka sigaret“ qoʻshiqlari videolari singari „Pechal“ qoʻshigʻi klipi ham „Vzglyad“ dasturi guruhi tomonidan ishlangan. Bundan tashqari, qoʻshiq jonli ijrosining bir nechta yuqori sifatli videoyozuvi mavjud. Bu kadrlar asosan 1990-yilga tegishli.

„Pechal“ qoʻshigʻini bir necha xonanda hamda musiqiy guruh kaver qilgan. Xususan, „Yu-Piter“ guruhi ashulani oʻz konsertlari davomida ijro etgan. „Kukriniksi“ guruhi esa Soy xotirasiga bagʻishlangan „KINOprobi“ (2000) albomi uchun qoʻshiqni kaver qilgan. Shuningdek, „Pechal“ qoʻshigʻini rus xonandasi „Zemfira“ ham ijro etgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Печаль – Виктор Цой“ (ruscha). Reproduktor. Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
  2. „Земфира - Печаль“. YouTube (2013-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]