Paytava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Paytava oʻrash.

Paytava oyoqqa oʻrash uchun moʻljallangan mato boʻlagidir. Paytava odatda 35 sm x 90 sm oʻlchovli issiq va puxta gazlamadan iborat boʻladi. Qadimda paypoq sifatida kiyilgan. Paytavani etik bilan kiyishgan.

Yurish va yugurishda yechilib ketmasligi uchun paytava oyoqqa mahkam bogʻlanadi. Bunda uni oyoq uchidan tepaga ikki qavat qilib oʻrash tavsiya etiladi (suv kechganda faqat ustki qism nam boʻladi).

Paytava yozgi va qishki boʻladi. Yozgi paytava paxtadan tikilsa, qishkisi jundan qilinadi.

Paytava ayrim mamlakatlarda hanuz kiyiladi, masalan Rossiya qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi 2012-yilgacha paytava oʻrab yurgan.[1]

Afzalliklari[tahrir]

  • Oson yuviladi va tez quriydi.
  • Paypoqdan farq qilib, har qanday oʻlchamli oyoqqa mos kelaveradi.
  • Paypoqdan farq qilib, rezinasi yoʻq, demak uni qaynatish va dazmollash mumkin.
  • Shoshilinch kerak boʻlib qolsa, qoʻlga ilingan har qanday matoni paytava qilib oʻrash mumkin.
  • Katta keladigan poyafzal kiyishga imkon beradi.

Kamchiliklari[tahrir]

  • Paypoqqa nisbatan noqulay.
  • Paypoqdan katta, poyafzalga sigʻmasligi mumkin.
  • Paytava teri ishqalanishi va yalligʻlanishiga olib kelishi mumkin.

Manbalar[tahrir]