Paygʻambarlar maqbaralari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Payg'ambarlar qabri xaritasi.

Xaggay, Zakariyo va Malaki payg'ambarlarning qabri (arabcha: قبر النبياQubur El Anbiyya; ivritcha: מערת הנביאים) — Quddusdagi Zaytun tog'ining g'arbiy yon bag'rida joylashgan qadimiy qabriston. O'rta asrlarda yahudiy taʼlimotiga ko'ra, katakombalar yaʼni paygʻambarlar miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashagan deb hisoblangan. Uchta yahudiy xristianlar tomonidan qabul qilingan Injilda nomi keltirilgan payg'ambarlar Xaggay, Zakariyo va Malakiyning nomi yuqorida keltirilgan joyda dafn qilingan deb hisoblanadi. Arxeologlar, kitobning nozil qilinishi va yashab oʻtgan shaxslardan kelib chiqqan holda, bu uch qabr miloddan avvalgi 1-asrga tegishli deb hisoblashadi[1].

Payg'ambarlar qabri va u joylashgan joy Quddusdagi Rossiya cherkov hududiga (ROCOR Getsemane monastiri) tegishli.

Qabr muqaddas joy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu joy o'rta asrlardan beri yahudiylar tomonidan e'zozlangan va ular bu yerga tez-tez tashrif buyurishgan[2][3][4]. 1882-yilda Arximandrit Antonin (Kapustin) bu joyni rus pravoslav cherkovi uchun sotib oldi. U bu yerda cherkov qurishni rejalashtirgan va bu gʻorga tashrif buyurgan. Ammo, o`z payg`ambarlarini qattiq hurmat qilgan yahudiylarning noroziligiga sabab buzilmay qolagan[5]. 1890-yilda Usmonli sudi bitimni qonuniy deb topdi, biroq ruslar bu hududda nasroniy ramzlari yoki piktogrammalarini ko'rsatmaslikka rozi bo'lishdi, bu esa barcha dindagi odamlar uchun kirib, foydalansa bo`ladigan qilib qoldirildi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanilgan adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Murphy-O’Connor J. The Holy Land: An Oxford Archaeological Guide from Earliest Times to 1700. — 5th ed. — 2008.
  2. The Necropolis of Jerusalem in the Second Temple period. Peeter, 2007 — 207 bet. ISBN 978-90-429-1792-7. „The place is known as the "Tombs of the Prophets" due to a medieval Jewish tradition that Haggai, Zechariah and Malachi were buried here.“  (Wayback Machine saytida 2022-01-31 sanasida arxivlangan)
  3. Nagel Publisher. Israel. Nagel., 1954 — 264 bet. „This catacomb is venerated by the Jews as the tomb of the Prophets Haggai, Zechariah and Malachi.“  (Wayback Machine saytida 2022-04-12 sanasida arxivlangan)
  4. Israel Joseph Benjamin. Eight years in Asia and Africa from 1846-1855. The author, 1859 — 21 bet. 22-noyabr 2010-yilda qaraldi. „Further down, towards the town, mid way up the mountain, is another cave, consisting of several divisions, containing the tombs of the Prophets Haggai, Zechariah and Malachi, which are frequently visited by the Jews.“ 
  5. The Churchman Co. Churchman Co., 1883 — 614 bet. „On the ascent of the Mount of Olives is a burial place, which from immemorial time has been regarded as containing the remains of Haggai, Zechariah, and Malachi. A Russian priest has been endeavoring to purchase it to build a church upon, but the Turkish government has, at the request of the Jews, deferred the completion of the sale.“  (Wayback Machine saytida 2022-01-31 sanasida arxivlangan)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Isroil qadimiy ashyolar boshqarmasi veb-saytidagi Payg'ambarlar maqbaralari (Ibroniycha).