Kontent qismiga oʻtish

Patrik Schick

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Patrik Shikdan yoʻnaltirildi)
Patrik Schik
2020-yilda Shik RB Leipzig libosida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Patrik Schik
Tavallud sanasi 1996-yil 24-yanvar
Tavallud joyi Praga, Chexiya Respublikasi
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Hujimchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayer Leverkusen
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2014 Sparta Praga
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014–2016-yillar Sparta Praga 4 (0)
2015–2016-yillarBohemians 1905 (Ijara) 27 (8)
2016–2017-yillar Sampdoria 32 (11)
2017–2020-yillar Roma 46 (5)
2019–2020-yillarRB Leipzig (Ijara) 22 (10)
2020–yil Bayer Leverkusen 70 (36)
Milliy terma jamoa
2011-yil Chexiya U16 2 (0)
2012–2013-yillar Chexiya U17 11 (7)
2013–2014-yillar Chexiya U18 9 (2)
2014–2015-yillar Chexiya U19 13 (7)
2015–2017-yillar Chexiya U21 12 (11)
2016–yil Chexiya 35 (18)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-sentyabr uchun)

Patrik Shik (1996-yil 24-yanvarda tugʻilgan) – Chexiyalik professional futbolchi. Germaniya Bundesligasining „Bayer Leverkuzen“ klubi futbolchisi. Chexiya terma jamoasining asosiy hujumchilaridan biri.

Pragada tugʻilgan Shik oʻz faoliyatini mahalliy "Sparta Praga" klubida boshlagan va oʻsmirlik chogʻida debyutini oʻtkazgunga qadar yoshlar jamoasi safidan koʻtarilgan. 2016-yilda, 20 yoshiligida "Bohemians 1905" klubi safidagi ajoyib oʻyinlaridan keyin Italiya A seriyasining „Sampdoriya“ jamoasi tarkibiga qoʻshiladi. Italiyadagi ajoyib debyut mavsumidan soʻng 2017-yilda klub tarixidagi rekord summa evaziga "Roma" ga oʻtadi. 2019-yilda bir mavsumga ijara asosida RB Leyptsig tarkibiga borib qoʻshiladi. 2020-yil sentabrida esa Bundesliganing boshqa bir jamoasi Bayer Leverkuzenga toʻliq transfer qilinadi.

16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan xalqaro toifadagi Chexiya terma jamoalari shadafini himoya qilgan. 2016-yil may oyida 20 yoshida Chexiya milliy terma jamoasida debyut qilgan. Milliy terma jamoasi libosida 30 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Chexiya kattalar jamoasi 2020 yilgi Evropa chempionatining chorak finaliga chiqishga katta xissa qoʻshgan futbolchilardan biri, hamda musobaqada ikkinchi eng yaxshi toʻp urar va kumush butsa sohibi boʻlishga erishgan.

Hayotning boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning futboldagi qahramoni "Manchester Yunayted" futbolchisi Ueyn Runi edi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sparta Praga[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pragada tugʻilgan futbolchi 11 yoshidaligida yoq Sparta Praga bollar jamoasi tarkibiga kirgan. 2014-yilning 3-mayida Tepliceda safarda 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda „Sparta“ safidagi debyutini oʻtkazgan. 2015-2016 yilgi mavsumda shaharning boshqa jamoasi „Bohemians 1905“ tarkibiga ijara asosida borib qoʻshiladi. Keyingi mavsumda Spartaga qaytadi hamda mavsumda asosiy oʻyinchiga aylanishi hamda katta oʻyinlarda maydonga tushishi kutilgan edi, ammo murabbiylar undan koʻra Devid Lafatani afzal koʻrishadi. Sparta Shikka yangi shartnoma taklif qilganida, uning agenti buni rad etadi[1].

Sampdoriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shik 2016-yilning iyun oyida 4 million yevro evaziga „Sampdoriya“ tarkibiga koʻchib oʻtadi hamda klub bilan shartnoma imzolaydi[2]. Italiyadagi birinchi mavsumida 32 liga oʻyinida maydonga tushib 11 ta gol urishga erishadi. 14 marta maydonga tushdi va har 137 daqiqada bir marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan.

2017-yilning may oyida boshqa klubga oʻtishni kutib, Sampdoriya bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi[3]. 2017-yilning iyun oyida "Yuventus" Shikning shartnomasi boʻyicha 30 million yevro miqdoridagi tovon pulini bandidan foydalanishga oʻrinib koʻradi[4] lrkin Shik ikkita alohida tibbiy koʻrikdan oʻta olmaydi va „Yuventus“ 18 iyul kuni kelishuvni bekor qiladi[5][6].

Roma[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 29-avgustida Shik 5 million yevro evaziga vaqtinchalik shartnoma asosida futbolchini yana 9 million yevroga sotib olish sharti bilan "Roma" jamosiga koʻchib oʻtadi[7], maʼlum sport maqsadlariga erishilgach, bu klub rekordi – 40 million evroga koʻtarilishi mumkin edi, ammo bunday boʻlib chiqmadi[1][8]. Shartnomani imzolagandan soʻng, „Roma“ sport direktori Monchi Shikni „Jaxon futbolidagi eng yorqin istiqbollardan biri“ deb taʼriflaydi. Shik „Roma“da oʻzining koʻp vaqtini oʻng qanotda yoki chap qanotda oʻtkazgan va 58 oʻyinda atigi 8 marta gol uradi.

2019/2020-yilgi mavsum: RB Leyptsigga ijaraga[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 2-sentabrda RB Leyptsig Shikni doimiy ravishda sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzolaganini eʼlon qiladi[9]. Uning „Leyptsig“dagi birinchi goli 2019-yil 11-noyabrda „Paderborn“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritilgan[10]. Liganing toʻrtta oʻyinida uchta golli seriyani boshlaydi, shu jumladan zaxiradan maydonga tushib, "Borussiya Dortmund" bilan 3:3 hisobida durang oʻynaydi[11]. Timo Verner bilan bir qatorda Shik „Leyptsig“ uchun 28 oʻyinda 10 ta gol urib, oʻz formasini tiklaydi, chunki klub Bundesligada uchinchi oʻrinni egallab, Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqadi[12][13].

Bayer Leverkuzen[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 8-sentabrda Shik Leverkuzenning Bayer klubiga qoʻshincha bonuslari bilan qoʻshib hisoblaganda 26,5 million yevro evaziga besh yillik shartnoma asosida qoʻshiladi[14]. Shik oʻzining ilk golini 2020-yil 26-noyabrda UEFA yevropa ligasi turnerida uradi va Yevropa Ligasi guruh bosqichida Isroilning "Hapoel Beer Sheva" jamoasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonadi[15].

Shik BayArenadagi 2020-2021 yilgi mavsumning aksariyat qismida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi, hamda liganing 29 oʻyinida 9 ta gol oʻradi.

2021-yil 4-dekabrda Shik Greyter Fyurt jamoasi ustidan 7-1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning ikkinchi boʻlimida toʻrtta gol uradi[16]. Shik oʻzining yaxshi formasini Leverkuzenning keyingi ikki liga oʻyinida davom ettiradi va mos ravishda Frankfurtning „Ayntraxt“iga[17] hamda „Xoffenxaym“ ga qarshi oʻyinlarda dubl qayd etadi[18]. Bundesliganing 2021-2022 yilgi mavsumini 27 oʻyinda 24 ta gol bilan toʻpurarlar poygasida ikkinchi toʻpurar sifatida yakunlaydi, keyin esa klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytiradi[19].

Milliy jamoa tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shik Chexiya terma jamoasiga ilk bor UEFA Evro-2016dan oldingi yigʻinda chaqiriladi[20]. 2016-yil 27-may kuni Maltaga qarshi oʻtkazilgan tayyorgarlik oʻyinida milliy terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushadi. Oʻsha oʻyinda terma jamoadagi ilk golini uradi va 6:0 hisobida gʻalaba qozongan[21].

UEFA Evro 2020[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 25-may kuni Shik Chexiyaning UEFA Evro-2020 turniri uchun 26 kishilik yakuniy tarkibiga kiritiladi[22]. 14 iyun kuni Glazgodagi Xempden Parkda Shotlandiyaga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida Chexiya 2:0 hisobida gʻalaba qozonganida Shik ikkala golni ham mualliflik qiladi[23]. Oʻyinda Shikning ikkinchi goli maydonning qoq yarmidan kiritiladi hamda Evroda 1980 yildan beri 45 metrdan oʻrilgan eng uzoq masofadan joylab qoʻyilgan gol boʻladi. Keyinchalik bu gol turnirning eng chiroyli goli sifatida tan olinadi[23][24]. Bu gol FIFA Pushkash mukofotiga nomzod boʻlgan. Biroq, bu futbol tarixidagi eng uzoq vaqtlardan biri emas[25][26] yaʼni 2006 yilgi Jahon chempionatida Tomash Rosickydan keyin yirik turnirda dubl qayd etgan va 2004 yilda Milan Baroshdan keyin Yevropa chempionatida gol urgan birinchi chex futbolchisiga aylanishiga sabab boʻladi[23][27].

18-iyun kuni Xorvatiyaga qarshi oʻyinda Shik penaltidan gol urib, jamoasiga 1:1 hisobida durangni olib beradi[28]. 27-iyun kuni esa Chexiya 1/8 finalda Gollandiya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng turnirdagi oʻzining toʻrtinchi golini uradi[29]. 3-iyul kuni chorak finalda Daniyaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida magʻlub boʻladi. Shik turnerda Chexiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida 5 ta gol urgan Milan Baroshning rekordini takrorlaydi[30][31]. Krishtianu Ronaldu bilan bir qatorda u 5 ta gol bilan Yevro-2020 qoʻshma toʻpurari boʻladi va oʻyindan urilgan gollar soni boʻyicha hammadan ustun boʻlgan[32].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shik asosan markaziy hujumchi sifatida markaziy rolda oʻynasa-da, uning maydonni koʻra olish qobilyati, bosh bilan ikkinchi qavatda yaxshi oʻyin koʻrsatishi, chap oyogʻidaham oʻynay olish qobiliyatlari tufayli,ikkinchi hujumchi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashga qodir[33][34][35]. U tezkor, chaqqon oʻyinchi boʻlib, yaxshi texnika va dribling koʻnikmalariga ega[33][35].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shikning katta singlisi Kristina Shikova (1994 yil 31-iyulda tugʻilgan), u model va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bilan koʻpchillika tanish[36][37]. Oʻsmirlik yillarida Shik karerasini model sifatida koʻrib chiqadi, lekin uning oʻrniga raqobatbardosh futbolga eʼtibor qaratadi. 2020-yil iyul oyida sevgilisi Hana Behounkovaga (1996-yilda tugʻilgan) uylanadi, undan 2020-yil oktabrda tugʻilgan Viktoriya ismli qizi va 2021-yil oktabrda tugʻilgan Niko ismili oʻgʻli bor[38].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018 yilda Chexiya terma jamoasi tarkibida.
2022-yil 27-sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar [39]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Chex Respublikasi 2016 yil 3 1
2017 yil 2 0
2018 9 4
2019 8 4
2020 0 0
2021 yil 11 8
2022 2 1
Jami 35 18

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sparta Praga [40]

Chexiya terma jamoasi

  • China cup bronza: 2018[42].

Individual

  • Chexiyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 2021[43], 2022[44],
  • Chexiya Oltin toʻpi : 2022[45]
  • Yilning Chex isteʼdodi: 2016[46]
  • UEFA Yevropa chempionatining kumush butsasi: 2020[47]
  • Turnirning UEFA Evropa chempionatidagi eng chiroyli goli: 2020[48]
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil dekabr[49]
  • Kicker Bundesliganing mavsumdagi jamoasi: 2021–2022[50]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Patrik Schick: the Czech Euros star who was told he would never make it“. The Guardian (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  2. „Schick nakonec Spartu opouští, podepsal smlouvu v Sampdorii Janov“. iDNES.cz (2016-yil 13-iyul). Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  3. „Fotbalový útočník Schick odmítl v Sampdorii nabídku nové smlouvy“. iDNES.cz (2017-yil 12-may). Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  4. „Schick absolvoval zdravotní prohlídku, už brzy přestoupí do Juventusu“. iDNES.cz (2017-yil 22-iyun). Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  5. „Schickův přestup se nekoná. Sampdoria se s Juventusem nedohodla“. iDNES.cz (2017-yil 18-iyul). Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  6. Juventus F.C. (2017-yil 18-iyul). „Official club statement In relation to the player Patrik Schick“. Press-reliz.
  7. „Patrik Schick signs for Roma in record deal“ (en). beta.asroma.com. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  8. „Roma sign Patrik Schick from Sampdoria in club-record transfer“. ESPN (2017-yil 29-avgust). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  9. „Transfermeldung: Patrik Schick kommt Leihweise zu RB Leipzig“ (de). RB Leipzig (2019-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 2-sentyabr.
  10. „Timo Werner strikes again as RB Leipzig hold on for win against spirited Paderborn“. Bundesliga (2019-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  11. „Dortmund's Jadon Sancho scores again in 3-3 thriller with leaders RB Leipzig“. The Guardian (2019-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  12. „Patrik Schick strikes from 50 yards as he hits two goals against Scotland“. The Athletic (2021-yil 14-iyun).
  13. „Paris St-Germain are through to their first Champions League final courtesy of a deserved victory over RB Leipzig in an entertaining semi-final in Lisbon.“. BBC (2020-yil 18-avgust). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  14. „Official: Roma sell Schick to Leverkusen“. football-italia (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  15. „Leverkusen 4-1 H. Beer-Sheva“. UEFA (2020-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  16. „Four-goal Schick leads Leverkusen to 7-1 demolition of Fuerth“. ESPNFC (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  17. „Eintracht Frankfurt 5:2 Bayer 04 Leverkusen“ (German). DFB (2021-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  18. „2:2 GEGEN HOFFENHEIM – REMIS IM LETZTEN HEIMSPIEL DES JAHRES“ (German). Bayer 04 Leverkusen (2021-yil 15-dekabr).
  19. „World class striker Patrik Schick signs new deal“. Bayer Leverkusen (2022-yil 26-may).
  20. „Patrik Schick Has World at His Feet, but the Time Has Come to Deliver on Promise“. Bleacher Report (2017-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  21. „Malta succumbs to heavy 0-6 defeat against Czech Republic“. Malta Independent (2016-yil 27-may). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  22. „Česká reprezentace oznámila nominaci na UEFA EURO 2020“ (cs). Football Association of the Czech Republic (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  23. 23,0 23,1 23,2 „Scotland 0-2 Czech Republic: Patrik Schick double sees off Scots at Euro 2020“. Sky Sports (2021-yil 14-iyun).
  24. „Czech Republic's Schick Scores From Halfway Line, Longest Goal at Euros Since 1980“. Sports Illustrated (2021-yil 14-iyun).
  25. „Patrik Schick scores a stunner as Czechs defeat Scots 2-0“. FootballExpress.co.uk (2021-yil 16-iyun).
  26. „FIFA Puskás Award: 11 best goals announced“. FIFA. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  27. „CZECH REPUBLIC 3-0 DENMARK AT EURO 2004: THE DARK HORSES WHO BLAZED A PATH TO THE FINAL“. These Football Times (2020-yil 27-iyun). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  28. „Croatia-Czech Republic UEFA EURO 2020“. UEFA.com (2021-yil 18-iyun). Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
  29. „Czech Republic shock Netherlands to get into Euro 2020 Quarter Finals“ (en). www.sportbible.com. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  30. „Schick in sight of Baroš record“. UEFA (2021-yil 3-iyul).
  31. „Czech Republic vs. Denmark score: Two early goals put Danes through to UEFA Euro 2020 semifinals“. CBS Sports (2021-yil 3-iyul).
  32. „Ronaldo wins Euro 2020 Golden Boot on tie-breaker over Schick“. Goal (2021-yil 12-iyul).
  33. 33,0 33,1 Stefano Chioffi. „Schick, il centravanti della Repubblica Ceca Under 21 è entrato nei piani di mezza Serie A“ (it). Il Corriere dello Sport (2016-yil 14-iyun). Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  34. Marco Lignana. „Schick sceglie la Samp, Dodò a un passo“ (it). La Repubblica (2016-yil 9-iyul). Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  35. 35,0 35,1 Damien Hawkes. „Patrik Schick Hoping for 2nd Season Success“. Prague Post (2018-yil 17-iyun). Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  36. „Kristyna Schickova - Models“. EastWestModels. 2023-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  37. „Fast confession - model Kristýna Schicková: She charmed Jon Bon Jovi or Leonardo DiCaprio“. Luxury Prague Life (2020-yil 13-sentyabr). 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  38. „An excellent Czech footballer became a father for the second time: Look at that beautiful baby!“. Nautiv (2021-yil 11-oktyabr). 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  39. „Patrik Schick – national football team player“. EU-Football.info. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
  40. Patrik Schick Soccerway saytida
  41. 41,0 41,1 „Patrik Schick: Who is Bayer Leverkusen's free-scoring Czech forward?“. Bundesliga (2021-yil 14-iyun).
  42. „China PR vs. Czech Republic“. soccerway.com. Soccerway (2018-yil 26-mart). Qaraldi: 2020-yil 4-may.
  43. „Schick českým fotbalistou roku! Za ním duo z West Hamu či Vaclík“ (cs). isport.blesk.cz. ČTK (2022-yil 29-may). Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  44. Špryňar. „Schick Fotbalistou roku: střílel góly, stíhal Lewu, ale brzdila ho zranění“ (Czech). isport.blesk.cz (2023-yil 20-mart). Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  45. Pavlis. „Další Schickův triumf. Po vítězství v anketě Fotbalista roku mu patří i Zlatý míč“ (cs). sport.cz (2022-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  46. „Fotbalistou roku je znovu Čech, mezi trenéry skončila Vrbova série“ (cs). iDNES.cz (2017-yil 21-mart). Qaraldi: 2017-yil 28-mart.
  47. „Cristiano Ronaldo wins EURO 2020 Alipay Top Scorer award“. UEFA (2021-yil 11-iyul). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  48. „Patrik Schick wins UEFA EURO 2020 Goal of the Tournament“. UEFA (2021-yil 14-iyul). Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  49. „Bundesliga Player of the Month“. Bundesliga. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  50. „Sechs Klubs vertreten: Die kicker-Elf der Saison 2021/22“ (de). kicker.de (2022-yil 26-may). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Patrik Schick at FAČR (in Czech)
  • Patrik Schick – Czech First League statistics at Fotbal DNES (in Czech)
  • Patrik Schick – FIFA competition record (archived)