Pathar Ki masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Pathar Ki masjidi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Patna
Asoschi Sulton Parvez Mirzo
Asosiy sana:
1621
Qurilish materiali Tosh

Pathar Ki masjidi Patna shahrida Taxt Shri Harmandir Saheb nomli hudud yaqinidagi Gang daryosi boʻyida joylashgan[1]. Jahongirning oʻgʻli Parvez Mirzo 1621-yilda Pathar Ki masjidini bunyod etgan[2]. Bino toshdan qurilgan va shuning uchun u Pathar Ki Masjidi nomini olgan. U Sultonganj va Alamganj oʻrtasidagi Ashok Rajpathda qad rostlagan[3].

Pathar Ki masjidi mahalliy islom jamoatchiligi orasida juda mashhur. Diniy vazifalarni bajarishdan tashqari, bu eski masjid shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi hamdir[4].

Pathar Ki masjidi xalq orasida Saif Xon masjidi, Chimmi Ghat masjidi va Sangi masjidi nomlari bilan ham mashxur.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Destinations :: Patna“. 2014-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  2. „Pathar ki Masjid“. 2009-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-sentyabr.
  3. „इंडो-इस्लामिक कला का नमूना पत्थर की मस्जिद“ (hi). Dainik Bhaskar (2016-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  4. „Architecture admiration tour to Pathar ki Masjid or Saif Khan?s mosque in Bihar“. www.tsiindia.com. 2008-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.