Park Wan-suh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Park Wan-suh
Asl ismi koreyscha: 박완서
Tavalludi 20.10.1931
Kyongi provinsiyasi (hozirgi KXDR hududi)
Vafoti 22-yanvar 2011
Kasbi Yozuvchi
Ijod qilgan tillari Koreys tili[1]
Fuqaroligi Janubiy Koreya
Mukofotlari Geumgwan Order of Cultural Merit (2011)

Park Wan-suh (kor.박완서; 20-oktyabr 1931-yil — 22-yanvar 2011-yil). — Janubiy Koreyalik yozuvchi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Park Wan-suh 1931-yil 20-oktyabrda Kyongi provinsiyasi (hozirgi KXDR hududi) shimolidagi Pakchokkol (박적골) qishlogʻida tugʻilgan[2]. Park Wan-suh uch yoshga toʻlganda uning otasi vafoti etadi. Shundan soʻng, Park Wan-suh onasi va katta akasi bilan Seulga joʻnaydi va yetti yoshga toʻlgunga qadar qarindoshlarinikida yashaydi. 1950-yilda u nufuzli Seul milliy universitetining koreys tili va adabiyoti boʻlimiga oʻqishga kiradi. Biroq koʻp oʻtmay Koreya urushi (1950—1953) va akasining vafoti tufayli oʻqishni tashlab ketishga majbur boʻladi. Keyinchalik adiba „Shuncha shingani kim yegan?“ (그 많던 싱아는 누가 다 먹었을까) romanida oʻz bolalik xotiralarini yoritib oʻtadi. Adiba umrining soʻngiga qadar Seul chekkasidagi Kuri shahrida joylashgan Achui qishlogʻida yashagan. U 2011-yil 22-yanvar kuni saraton kasalligidan vafot etadi[3].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Park Wan-suh adabiy maydonga besh farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazganidan soʻng, 1970-yilda kirib keladi. Uning ilk asari Koreya urushi va mamlakatning boʻlinishi bilan bogʻliq voqealarni oʻz ichiga olgan „Yalangʻoch daraxt“ (kor.나목) romani hisoblanadi. 1977-yilda gazetada Park Wan-suhning „Kichik tajriba“ (조그만 체험기) qissasi yoritiladi. Hikoyada real voqealar aks etgan boʻlib, unda yozuvchi eri firibgarlikda ayblanib, qamoqqa tashlanganligi haqida hikoya qiladi. Pak Vanso 1970-yillar oxirida jamiyatning ahvoli, Janubiy Koreya huquq-tartibot idoralaridagi vaziyatni oʻz asarlarida qalamga oladi. 1988-yilda Park Wan-suh avval eri, keyin esa oʻgʻlini yoʻqotadi. Shunga qaramay, u yozuvchi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirish uchun kuch topa oldi. Yaponiya xalqaro jamgʻarmasi taklifiga binoan yozuvchi Yaponiyaga tashrif buyuradi, Yozuvchi asarlari yildan-yilga shuhrat qozanadi va u Yevropa va Amerika mamlakatlariga, Hindiston, Tibet va Nepalga sayohat qiladi. U ushbu sayohatlar haqidagi taassurotlarini sayohat xotira kundaliklarida va asarlarida ham yozib oʻtgan[4].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Park Wan-suh 1980-yilda „Oʻsha kuzning uch kuni“ (그 가을의 사흘동안) asari uchun Koreya adabiy mukofoti bilan, 1981-yilda „Onamning qoziqlari“ (엄마의 말뚝) uchun Li San adabiy mukofoti bilan, 19901991-yillarda „Sarob“ (미망) asari uchun Koreya adabiy mukofoti va Li San adabiy mukofoti bilan, 1993-yilda esa Markaziy madaniyat mukofoti bilan ham taqdirlanagan. Oʻsha yilning oʻzida „Orzu yetishtiradigan inkubator“ (꿈꾸는 인큐베이터) asari uchun Hyundai adabiy mukofotini, 1994-yilda „Men ega boʻlgan eng soʻngi narsa“ (나의 가장 나종 지니인 것) asari uchun Dongin adabiy mukofotini qoʻlga kiritdi. Yozuvchining muvaffaqiyatli odimlari davom etib, 1995-yilda „Sarob kapalak“ (환각의 나비) asari uchun Xan Musuk adabiy mukofoti bilan, 1997-yilda „Togʻ chindan ham oʻsha yerda boʻlganmi?“ (산이 정말 거기 있었을까) asari uchun Tesan adabiy mukofoti bilan, 1999-yilda „Sen juda yolgʻizsan“ asari uchun Manxe, 2000-yilda Inchon mukofotlari bilan, 2001-yilda „Sogʻinch uchun“ asari uchun Xvang Sun Von adabiy mukofoti va 2006-yilda Xoam mukofoti bilan taqdirlanadi[5].

Oʻzbek tiliga tarjima qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pak Vansoning „Shuncha shingani kim yegan?“ va „Togʻ chindan ham oʻsha yerda boʻlganmi?“ romanlari Sanʼat Tadjimuratov tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan. „Shuncha shingani kim yegan?“ asari yozuvchining avto-biografik romani boʻlib, unda yozuvchining bolaligi (1930-yillar), oʻqish va ulgʻayish yillari, Koreyada yapon hukmronligiga qarshi ozodlik harakati va Koreya urushi davri yoritilgan. Romanda Koreya haqida keng etnografik materiallar, koreyslarning urf-odatlari, oila va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar haqida ham koʻplab maʼlumotlar uchraydi. Bundan tashqari asarda qisqa vaqt ichida mustamlaka davlatdan rivojlangan davlatga aylana olgan koreys xalqining matonati va bunyodkorligi ham oʻz ifodasini topgan.

„Togʻ chindan ham oʻsha yerda boʻlganmi?“ romani Shuncha shingani kim yegan?" romanining davomi sifatida yozuvchi oʻz koʻzi bilan guvoh boʻlgan Koreya urushi (1950-1953) davrida sodir boʻlgan voqealarni aks ettiradi. Romanda biz bir xalqni tashkil etuvchi odamlarning oʻzaro dushmanga aylanib, bir-birlarini shafqatsizlarcha yoʻq qilishi, qahramonlarning vijdon va johillik, or-nomus, hallollik va nafs, nafrat va muhabbat oʻrtasida tanlov qilishga majbur boʻlgan murakkab toʻqnashuvlariga guvoh boʻlamiz.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

나목 Yalangʻoch daraxt (1970). ISBN 8937843021

세상에서 제일 무거운 틀니 (Dunyodagi eng ogʻir protez) (1972) ISBN 893784303X

지렁이 울음소리 (Chuvalchang nolasi) (1973)

부끄러움을 가르칩니다 (Uyalishni oʻrgating) (1976) ISBN 8954601936

휘청거리는 오후 (Hayratlanarli shom) (1977) ISBN 8933800263

목마른 계절 (Chanqagan fasl) (1978) ISBN 8933800530

욕망의 응달 (Istak soyasi) (1979) ISBN 8933800360

살아 있는 날의 시작 (Yashash kunlarining boshlanishi) (1980) ISBN 8933800352

엄마의 말뚝 (Onamning qoziqlari) (1982) ISBN 9788979521177

오만과 몽상 (Kibr va orzu) (1980—1982) ISBN 8933800603

그해 겨울은 따뜻했네 (Bu qish iliq edi) (1983) ISBN 9788933800614

그 가을의 사흘동안 (Kuzning uch kuni) (1985) ISBN 8930001084

도시의 흉년 (Shahardagi ocharchilik) (1979) ISBN 8933800271

미망 (Sarob) (1990) ISBN 8933800891

그 산이 정말 거기 있었을까 (Togʻ chindan ham oʻsha yerda boʻlganmi?) (1995) ISBN 9788901017617

아주 오래된 농담 (Juda eski hazil) (2000) ISBN 9788939203976

그 남자네 집 (Oʻsha yigitning uyi) (2004) ISBN 9788972754275

친절한 복희씨 (Mehribon Pokxi) (2008) ISBN 9788932018140

세 가지 소원 — 작가가 아끼는 이야기 모음 (Uch orzu: Muallifning tanlangan hikoyalar toʻplami) (2009) ISBN 9788960900523

못 가본 길이 더 아름답다 (Notanish yoʻl — eng goʻzal yoʻl) (2010) ISBN 9788972754671

세상에 예쁜 것 (Dunyodagi goʻzal narsa) (2012) ISBN 9788960901445

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. https://www.youtube.com/watch?v=zNxgKOahpE8 2. https://ko.wikipedia.org/wiki/%EB%B0%95%EC%99%84%EC%84%9C 3. http://encykorea.aks.ac.kr/Contents/Item/E0079617 4. http://www.ytn.co.kr/_comm/pop_mov.php?s_mcd=0103&s_hcd=&key=201101220959002865[sayt ishlamaydi]