Kontent qismiga oʻtish

Parashqevi Qiriazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Parashqevi Qiriazi

Parashqevi Qiriazi
Tavalludi 27-may 1886-yil[1]
Vafoti 17-dekabr 1970-yil(1970-12-17)
(84 yoshda)
Tirana, Albaniya
Fuqaroligi Usmoniylar, Albaniya
Taʼlimi magistr
Kasbi oʻqituvchi, noshir
Otasi Dhimitër Qiriazi
Onasi Maria Qiriazi (Vodica)
Mukofotlari

Xalq oʻqituvchisi

Millat faxri
Vatanparvarlik xizmatlari uchun

a
Imzosi

Parashqevi Qiriazi (Paraskevi D. Kyrias; 1886-yil 27-mayda tugʻilgan – 1970-yil 17-dekabrda vafot etgan) – Qiriazi oilasiga mansub alban oʻqituvchisi boʻlib, hayotini alban alifbosi hamda yozma alban tilini oʻqitishga bagʻishlagan. Albaniya alifbosining shakllanishiga bagʻishlangan Manastir Kongressida ishtirok etgan[2]. Shuningdek, Yll' i Mengjesit ayollar uyushmasi asoschisi[3]. 1919-yilda Parij tinchlik konferensiyasida Albaniya-Amerika hamjamiyati vakili sifatida ishtirok etgan[4]. 1891-yilda Korçada qizlar uchun moʻljallab ilk marotaba ochilgan Albaniya maktabining direktori Sevasti Qiriazining singlisi[5].

Parashqevi Qiriazi Usmoniylar imperiyasi tarkibidagi Manastir viloyatining Monastir shahrida (hozirgi Bitola, Shimoliy Makedoniya) tugʻilgan. Atigi 11 yoshida akasi Gjerasim Qiriazi va opasi Sevasti Qiriaziga Albaniyada ochilgan birinchi Qizlar maktabi (albanca: Shkolla e Vashave)da qizlarga yozma alban tilini oʻrgatishda yordam bera boshlagan. Ushbu maktab 1891-yil 15-oktyabrda ochilgan[6][7].

Keyinchalik Parashqevi Konstantinopoldagi Amerika qizlar kollejida taʼlim olgan. Maktabni bitirganidan soʻng opasi Sevasti bilan birga Korçëga borgan va u yerda 1887-yilda ochilgan birinchi alban maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan[8].

1908-yilda Monastir Kongressida ishtirok etgan Qiriazi ushbu Kongressdagi yagona ayol edi[9].

1909-yilda u boshlangʻich maktablar uchun alifbo kitobi abecedariumni nashr etgan. Garchi Manastir Kongressi yangi alifbo boʻyicha qaror chiqargan boʻlsa-da, Qiriazining abecedariumida alifboning ikkita talqini mavjud edi. Bu esa Kongressda erishilgan kelishuvning hali ham mustahkam boʻlmaganligini koʻrsatadi. Shunga qaramay, Qiriazi abecedarium bilan birga yangi alban alifbosini himoya qilishga bagʻishlangan mashhur sheʼrlarini ham chop etgan[10].

  1. U.S. Department of Labor Naturalization Service, Declaration of Intention, 1918, p. 315, no. 88315 (signed by Paraskevi Kyrias 12 December 1918).
  2. „Parashqevi Qiriazi“. www.kolonja.com. 2011-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Prifti, Peter. Socialist Albania since 1944: domestic and foreign developments, Volume 23. The MIT Press, 1978 — 90-bet. ISBN 0-262-16070-6. 
  4. Toska, Teuta. Parashqevi Qiriazi dhe viti i saj 1919. Tirana: ISSHP, 2020, ISBN 978-9928-4519-7-2
  5. Young, Antonia. Albania. National Library of Australia: Clio Press, 1997 — 48-bet. ISBN 1-85109-260-9. Qaraldi: 2014-yil 22-oktyabr. 
  6. „Parashqevi Qiriazi“. www.kolonja.com. 2011-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. de Haan, Francisca. A Biographical Dictionary of Women's Movements and Feminisms in Central, Eastern, and South Eastern Europe, 19th and 20th Centuries. Central European University Press, 2006 — 454–457-bet. ISBN 9789637326394. 
  8. „Parashqevi Qiriazi“. www.kolonja.com. 2010-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Parashqevi Qiriazi“. www.kolonja.com. 2011-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Lloshi, Xhevat. Rreth Alfabetit i Shqipes (sq). National Library of Albania: Logosa, 2008 — 183-bet. ISBN 978-9989-58-268-4.