Ozodiy Stadioni
Ozodiy Stadioni (fors. گحهس) - Eron poytaxti Tehronda joylashgan stadion. Ushbu stadion dunyodagi eng katta va sigʻimli stadionlar qatoriga kiradi (stadion 100.000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi). 1971-1984-yillargacha dunyodagi eng katta sigʻimli stadionlar ichida 1-oʻrinda edi. Stadion Tehronning gʻarbida joylashgan. 1974-yilda Osiyo Oʻyinlari uchun qurilgan. Ushbu stadion koʻp maqsadli boʻlib: futboldan tashqari boshqa sport turlarini ham oʻtkazish mumkin. Ozodiy Stadionida mahalliy Istiqlol va Persepolis klublari, Eron Milliy terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Ozodiy Stadioni ulkan sport kompleksining markazida joylashgan boʻlib, stadion atrofida bir nechta kichik stadionlar, tennis kortlari, tir, velotrek, voleybol maydoni, suzish basseyni, mashgʻulotlar oʻtkazish uchun maydon va majmua va boshqa sport inshootlari mavjud.
Toʻlq nomi | Ozodiy Sport Kompleksi |
Joylashuvi | ![]() |
Ochilgan sanasi | 1974-yilning 1-sentabr kuni |
Qurilish yillari | 1970-1973-yillarda |
Egasi | Tehron Hukumati |
Arxitektor | Abdul-Aziz Farmonfarmiyan |
Sigʻimi | 100.000 |
Maydon oʻlchami | 110x75m |
Maydon chimi | tabiiy Grass chim |
Rasmiy sayti | azadisportcomplex.com |
Uy jamoalari | FK.Istiqlol, FK.Persepolis, Eron Milliy terma jamoasi |