Muhammad Rizo Pahlaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Muhammad Rizo Pahlaviy
forscha: محمد رضا شاه پهلوی‎‎ / Mohammad Rezâ Pahlavi
Mohammad Reza Pahlavi.png
Standard of the Shahanshah of Iran.svg
 Eronning 35-Şahanşohi
Vorisi unvon bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1919-yil 26-oktyabr
Tehron, Eron Şohligi
Vafoti 1980-yil 27-iyul (60 yoşida)
Qohira, Misr
Turmush oʻrtogʻi 1) Favziya Fuod
2) Surayyo Isfandiyoriy-Baxtiyoriy
3) Farah Pahlaviy
Bolalari 1-nikohidan: bir qiz
2-nikohidan: yöq
3-nikohidan: 2 öğil va 2 qiz
Onasi Tojulmuluk Ayrimliy
Otasi Rizo Pahlaviy

Muhammad Rizo Pahlaviy (forscha: محمد رضا شاه پهلوی‎‎ / Mohammad Rezâ Pahlavi; 1919-yil 26-oktyabr, Tehron, Eron Shohligi1980-yil 27-iyul, Qohira, Misr) — Pahlaviylar sulolasidan bölgan Eronning öttiz beshinchi va sönggi şohi (shahanshohi). 19411979-yillarda mamlakatni boshqargan. Eron qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni ham edi. Pahlaviylar sulolasi asoschisi Rizo Pahlaviyning oʻgʻli. 1931-1936-yillarda Shveysariya kollejida, 1936-1938-yillarda Tehron harbiy akademiyasida tahsil olgan. Otasi Rizo Shoh Pahlaviyning SSSR va Buyuk Britaniya bosimi ostida majburan taxtdan voz kechtirilishi va mamlakatdan badargʻa qilinishi natijasida taxtga oʻtirgan.

Muhammad Rizo Pahlaviyning Eron Shahansholigidagi boshqaruvi paytida mamlakatda chuqur ildiz otgan turli islomiy aqida va odatlarni sugʻurib olishga harakat qilgan. Ushbu harakatlar natijalaridan biri sifatida U anʼanaviy eroniy taqvimni hijradan emas, balki Ahamoniylar sulolasi boshqaruvining ilk yilidan hisoblashni yoʻlga qoʻydi, ammo koʻp sonli eʼtirozlar tufayli ushbu qarorini bekor qildi. Aynan Muhammad Rizo Pahlaviy boshqaruvi paytida Eron gʻarb mamlakatlari bilan yaqin va doʻstlik aloqalarni oʻrnata oldi va ushbu yaqinlashuv yoʻlida mamlakatda ulkan islohotlar oʻtkazildi.

1978-yildan Eronda diniy ulamolar boşçiligidagi ommaviy namoyişlar va tartibsizlikar röy berişni boshladi. 1979-yilning yanvar oyidan ushbu namoyişlar yanada kuçliroq tusga ega böldi. Ösha yilning 16-yanvar kuni mamlakat boş vaziri Baxtiyor Şohpur maslahatiga köra Muhammad Rizo Pahlaviy, xotini va farzandlari bilan Eronni tark etdi.

1979 yil taxtdan ağdarilgan va mamlakatdan quvğin qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. ÖzME. Birinçi jild. Toşkent, 2000-yil