Oybek Abdushukurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oybek Abdushukurov Abdurashidovich - oʻzbek prodyuseri.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oybek Abdushukurov 1985 yil 14 yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan.[1] Otasi — Irmuxamedov Abdurashid, onasi: Asatova Naima. Oybek Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-sonli oʻrta maktabni, Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi akademik litseyni tamomlagan.

2003-2007 yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida oʻqigan.

Mehnat faoliyati:[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005 −2007 yillar — "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati „Bunyodkor“ yoshlar teleklubi muharriri. 

2007-2008 yillar — "Paxtakor" futbol klubi Xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi.

2008-2010 yillar — "Bunyodkor" futbol klubi Tashkiliy boʻlimi boshligʻi.

2010-2012 yillar — „Kristal media“ MChJ direktori.

2012-2013 yillar — „Catalea group“ bosh prodyuseri.

2014-2017yillar — „HD Cinema“ bosh prodyuseri.

2017 yil apreldan Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori.

Prodyuserligidagi filmlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.     "Endi dadam boʻydoq" (2012) — MTV tanlovida „Yilning eng yaxshi filmi.

2.     “Uchrashuv" (2013).

3.     "Geolog silnee smerti" (2014)  - Yilning eng yaxshi filmi.

4.     "Bereg mira" (2015)  — qisqa metrajli film — Oʻzbekistonda tashkil etiladigan „PROlogue“ qisqa metrajli filmlar festivalida gʻolib boʻlgan (2016).

5.    "Ona" (2017) qisqa metrajli film — Film muvaffaqiyatga erishgan. „Ona“ bir necha xalqaro festivallarda, jumladan, 2017 yil 17-28 may kunlari Short Film Corner Festival de Cannes, 10-18 iyun kunlari Cyprus International Film Festival (Wayback Machine saytida 2018-02-20 sanasida arxivlangan), 22-28 iyul kunlari XIII Eurasia international film festival (Wayback Machine saytida 2018-02-24 sanasida arxivlangan) (Astana), 17-21 avgust unlari 9- International Inter University Short Film Festival-IIUSFF (Dakka), 24-30 sentyabr kunlari BALINALE — Bali xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan.[2]

6.    Welcome to Bukhara imidjli promo-rolik — mazkur rolik Oʻzbekistonning turistik salohiyatini targʻib qilish, qadimiy shaharlarga turislarni jalb etish va oʻzbekistonliklarning mehmondoʻstligini, samimiy va ochiq chehrasini koʻrsatishga qaratilgan.[3]

Ilovalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.kinopoisk.ru/name/3502285/
  2. http://podrobno.uz/cat/calche/uzbekskiy-rezhissyer-mukhlisa-azizova-predstavit-svoye-tvorchestvo-na-kinofestivale-evraziya-i-euras/
  3. http://uzbekistan.lv/welcome-to-bukhara/