Kontent qismiga oʻtish

Ovoz (teleloyiha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Ovoz" („The voice of Uzbekistan“) – oʻzbekcha koʻngilochar vokal isteʼdodlari musiqiy loyihasi. Bu musiqiy loyiha niderlandiyalik prodyuser John de Mol tomonidan yoʻlga qilingan „The Voice“ televizion vokal tanlovi formatining oʻzbekcha versiyasi. 2024-yil 20-apreldan „Zoʻr TV“ telekanalida efirga uzatila boshlandi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Ovoz“ musiqiy loyihasi „The Voice“ loyihasining rasmiy franshizasi boʻlib, 2024-yil 16-martda „Zoʻr TV“ telekanalida uning taqdimot marosimi oʻtkazildi. Shu kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston shu teleloyihani namoyish etish huquqini olgan dunyodagi 76-mamlakat ekanligi aytildi. Marosimda „Ovoz“ musiqiy loyihasining ilk murabbiylari sifatida Farruh Zokirov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov va Ozodbek Nazarbekov tanishtirildi[1].

Boshlovchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshlovchi Mavsum
1
Mirshakar Fayzulloyev

Murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylar Mavsum
1
Farruh Zokirov
Sevara Nazarxon
Tohir Sodiqov
Ozodbek Nazarbekov

Eʼtirozlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]