Otar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Otar — yaylovda qoʻshib boqish va saqlash uchun shakllantirilgan qoʻy podasi. O. uchun jinsi, yoshi, nasldorlik xususiyatlari boʻyicha bir xil zotli qoʻylar, sovliqpar esa qochirish muddatlarini qisobga olgan holda olinadi. O.dagi mollar soni: mayin va yarim mayin junlilar uchun 800—900 ona qoʻy; 4—18 oylik toʻklilar uchun 800—1000 bosh; ona qoʻydan ajratilgan qoʻzilar uchun 600—800 bosh; yarim dagʻal va dagʻal junli ona qoʻylar uchun 900—1000 bosh; axta qoʻchqor va qochiriladigan qoʻylar uchun 1000 va undan ziyod. Choʻl mintaqalarda O. soni yanada yirikroq boʻlishi ham mumkin. Naslchilik fermalarida O.lardagi qoʻylar soni mahsulot beradigan O.larga nisbatan 15—20% kichikroq boʻladi. O.larni 3—4 kishidan iborat choʻponlar guruhi boqadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil