Ovul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ovul — kiсhik qishloq, asosan chorvachilik bilan shugʻillanadigan koʻchmanchi xalq, qabila yoxud katta bir oila joylashgan alohida joy.[1]

Etimologiyasi[tahrir]

Ovul soʻzi turk tili dialektida (avul), qrim-tatar va qaraim tillarida, qoʻmiq tili dialektlarida (awul) [2], qorachoy-bolqor, uygʻur, lobnor [3],qozoq (awil), noʻgʻoy, qoraqalpoq va oʻzbek tillaida (aul), tatar, boshqird, qirgʻiz (ayil, ajil), oltoy (ail) tillarida keng qoʻllanilgan. Ushbu soʻz qishloq, 1) odamlar istiqomat qiluvchi kichik joy, bir nechta hatto birgina kibitkadan tashkil topgan va boshqa yirik qishloq, shaharcha va shaharlardan anchayin uzoqda joylashgan turar joy; 2) oʻtovlar, chodir va shu kabi tez qurish inshootlari qurilgan koʻchmanchi xalq egallagan yer; 3) qabila va koʻchmanchi xalq, olomon ma'nolarida ishlatilgan. Arab va turkiy tillar sohiblari koʻchish jarayonida a:ẘmak va a:vår ya'ni yigʻilish, toʻplanish, aylanib yigʻlish, tevarak atrofga aylana boʻlib joylashish, atrofdan quyilib bir joyga kelish maʼnolariga ega feʼllaridan kelib chiqqanligi taxmin qilingan. Undan tashqari turk (ayil, evil) va mongol (ail, ayil) tillarida esa oila, uy, turargoh, koʻcha, oʻz uyi taraf, qoʻshni taraf, qishloq va qoʻylar boqiladigan uycha ham nazarda tutilgan. [4]

Manbalar[tahrir]

  1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2006-2008)
  2. Керимов И.А. Китайский диалект кумыкского языка. Канд.дисс. (рукопись) М. Л. 1952
  3. Будагов Л. (сост.) Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. Т.1. СПб., 1869, 150.
  4. Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. М., 1974—2003. ТТ. 65-66.