Kontent qismiga oʻtish

Otabek Muhammadzohid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otabek Muhammadzohid
Otabek Mamazoitov
Fayl:Otabek Muhammadzohid.jpg
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 24-mart 1974-yil (1974-03-24) (50 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Xonanda, sozanda, bastakor, shoir
Janr Maqom, ashula, pop

Otabek Muhammadzohid (asl ismi: Otabek Mamazoitov; 24-mart 1974-yil, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek estradasi xonandasi, bastakor, shoir, O‘zbekiston xalq artisti. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyat bo‘limi rahbari[1].

Otabek Mamazoitov 1974-yilning 24-martida Farg‘ona viloyatida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Oilada 2 farzand boʻlib, uning singlisi O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova[2].

Yoshligidan musiqaga qiziqishi bo‘lganligi sabab 4 yoshidan doira, akkordeon va Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rubob ijro etishni o‘rgangan. Farg‘ona davlat universitetida Tavakkal Qodirov qo‘lida tahsil olgan. Uning 3 qizi va bir o‘g‘li bor. 2014-yil Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalida ishtirok etgan[3].

Konsert dasturlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2008-yil ilk yakkaxon konsert dasturi;
  • 2014-yil 15–16-iyun "Istiqlol" san’at saroyida jonli konsert dasturi;[4]
  • 2023-yil "Yangi yil" nomli konsert dasturi.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Shoir Bastakor Yil
Sevgilimni yigʻlatma hijron Xushnud Darvesh 2016-yil[5]
Ikki muhabbat Karim Tursun Otabek Muhammadzohid [6]
Nahot Otabek Muhammadzohid
Koʻz tegmasin Otabek Muhammadzohid
Muhabbat uvol Otabek Muhammadzohid Otabek Muhammadzohid [7]
Bir dilbara Mahtumquli 2018[8]
Sensiz 2018[9]
Sen kulganda
Sohibjamol
Mast qilib qoʻyding
Zaminim 2008[10]
  1. „Xonanda Otabek Muhammadzohid lavozimga tayinlandi“. Qaraldi: 13-noyabr 2023-yil.
  2. „Otabek Muhammadzohid Gulsanam Mamazoitovaning davlat tadbirlarining yakuniy qo‘shiqlarni kuylamayotganiga izoh berdi“. Qaraldi: 13-noyabr 2023-yil.
  3. „Xonanda Otabek Muhammadzohid Turkiyadagi “Turkcha nigoh” xalqaro festivalida ishtirok etadi“ (2014-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 8-yanvar.
  4. „Iyun oyida Otabek Muhammadzohid jonli ijroda konsert beradi“ (2014-yil 29-may). Qaraldi: 2024-yil 8-yanvar.
  5. Darakchi.uz. „Отабек Муҳаммадзоҳиддан янги клип (Видео)“ (15-iyun 2016-yil). Qaraldi: 20-iyun 2024-yil.
  6. Otabek Muhammadzohid (2017-09-21), Otabek Muhammadzohid - "Jonli ijro" nomli konsert dasturi 2014, qaraldi: 2024-06-27
  7. Otabek Muhammadzohid (2019-01-17), Otabek Muhammadzohid - Muhabbat uvol | Отабек Мухаммадзохид - Мухаббат увол (jonli ijro), qaraldi: 2024-06-28
  8. Otabek Muhammadzohid (2018-01-23), Otabek Muhammadzohid - Bir dilbara (Official Music), qaraldi: 2024-06-28
  9. Otabek Muhammadzohid (2018-01-05), Otabek Muhammadzohid - Sensiz (Official Music), qaraldi: 2024-06-28
  10. Otabek Muhammadzohid (2020-09-01), Otabek Muhammadzohid - Zaminim (2008), qaraldi: 2024-06-28