Osiyo koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Osiyo koʻchasi (Toshkent)dan yoʻnaltirildi)
Osiyo koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yunusobod
Mirzo Ulugʻbek
Uzunligi 2 km
Avvalgi nomlari Labzak koʻchasi
Xurshid koʻchasi
Q. Murtazoev koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Kardiologiya markazi
Latviya, Jazoir va Afgʻonistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari
Toshkent observatoriyasi

Osiyo koʻchasi — Yunusobod tumanining „Turon“, Mirzo Ulugʻbek tumanining „Oqqoʻrgʻon“ mahallalari hududida. Amir Temur shoxkoʻchasi bilan Oqqoʻrgʻon koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.

XX asr boshlarida tashkil topgan. Dastlab Labzak nomi bilan yuritilgan. 1964-yil 10-noyabrda Xurshid, 1982-yil 12-noyabrda Q. Murtazoev nomi berilgan. 2005-yil 10-oktabrdan Osiyo nomi bilan yuritiladi[1].

Yoʻnalishida Kardiologiya markazi, Latviya, Jazoir va Afgʻonistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari, Toshkent observatoriyasi, tuman ijtimoiy-taʼminot boʻlimi, tuman madaniyat uyi, tuman statistika boshqarmasi, „Aziza“ va „Yogʻdu“ kafelari, savdo shoxobchalari, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari hamda turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari va boshqa joylashgan. Bodomzor yoʻli koʻchasi bilan kesishgan. Yaqinida Yunusobod tuman hokimligi, Irrigatsiya va melioratsiya instituti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, „Oʻzneftgaz“ korxonasi, „Minor“ metro bekati bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.