Kontent qismiga oʻtish

Bodomzor yoʻli koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bodomzor yoʻli koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yunusobod
Uzunligi 3 km
Avvalgi nomlari Uritskiy tor koʻchasi
Kliment Timiryazev koʻchasi
Observatoriya berk koʻchasi
Chimkent 1-tor koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Fizika-texnika instituti
Gidrometeorologiya markazi
Yunusobod tumani xalq sudi
Vaksina va zardoblar instituti
Mirza Yusuf masjidi

Bodomzor yoʻli koʻchasi — Yunusobod tumanida, Niyozbek yoʻli koʻchasi bilan Nizomiy koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 3 km.

Bu koʻcha XX asrning 40-yillarida tashkil etilib, avval Uritskiy tor koʻchasi, keyin Observatoriya berk koʻchasi, soʻngra Chimkent 1-tor koʻchasi deb yuritilgan. 1977-yildan koʻcha rus tabiatshunos olimi Kliment Timiryazev (1843-1920) nomi bilan atalgan. 1990-yil koʻchaning Kichik halqa yoʻlidan Nizomiy koʻchasigacha boʻlgan qismiga seysmolog olim, akademik Gʻani Mavlonov (1910-1988), 1998-yil Kichik halqa yoʻlidan Niyozbek yoʻli koʻchasigacha boʻlgan qismiga diplomat Gʻafur Abdurashidov (1918-1973) nomi berildi. 2008-yil 9-iyunda koʻchaning yaxlitligini taʼminlash va tarixiy nomini tiklash maqsadida „Bodomzor yoʻli“ nomi qoʻyildi[1].

Koʻcha yoʻnalishida turar joy binolari, yakka tartibdagi uy-joylar, maʼmuriy binolar, Fizika-texnika instituti, Gidrometeorologiya markazi, Vaksina va zardoblar instituti, Yunusobod tumani xalq sudi, Oʻzbekiston milliy kutubxonasining texnik adabiyotlar boʻlimi, Mirza Yusuf masjidi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga qarashli binolar, maishii xizmat koʻrsatish, savdo va umumovqatlanish shoxobchalari bor. Koʻcha yaqinida Oloy bozori, Astronomiya instituti, Polsha Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi, Toshkent axborot texnologiyalari unstituti va boshka muassasalar joylashgan.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.