Osipov isyoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osipov isyoni

Osipov isyoni - Turkiston ASSR harbiy komissari K. Osipov boshchiligida sovet rejimiga qarshi koʻtarilgan isyon (1919-yil 18-21-yanvar). 1918-yil oxirida K. Osipov boshchiligida sovetlarga qarshi faoliyat koʻrsatuvchi Muvaqqat komitet tuzilgan. Osipov isyoni 1919-yil 18-yanvarda boshlangan. 19-yanvarga oʻtar kechasi K. Osipov buyrugʻi bilan Turkiston ASSR MI K raisi V. Votin-sev, Turkiston ASSR XKS raisi V. Figelskiy, CHK (favqulodda komissiya) raisi I. Fomenko, Toshkent Soveti raisi N. Shumilov va boshqa komissarlar otib tashlangan. Toshkent shahri deyarli toʻliq isyonchilar qoʻliga oʻtgan. Biroq, tez orada kommunistlar Qoʻqon, Samarqand, Perovskdan qizil askar otryadlarini chaqirib, isyonni bostirishgan. Isyonchilarga qarshi kurashga soʻl eser G. Koluzayev rahbarlik qilgan. Bu harbiy mojarolarga Eski shahardagi mahalliy aholi 1917-yil oktabrda boʻlgani singari befarq qaragan, chunki ular K. Osipov aslida hokimiyatni egallash uchun intilayotganini, Turkistonda demokratik respublika oʻrnatish haqidagi uning vaʼdalari quruq soʻz ekanligini tushunganlar. 21-yanvarda isyon tor-mor qilingach, K. Osipov kichikroq otryad bilan Fargʻona vodiysiga (Madaminbek huzuriga) borgan. U andijonlik Parpi qoʻrboshi (Parpibek) qarorgohida ham boʻlib, Toshkentdan keltirgan sovetlarning pul bosish mashinasida Qoʻqonqishloq (hozirgi Paxtaobod)da uning nomidan pul chiqarib, xalqqa tarqatgan. Soʻngra Buxoro amirligiga qochib borgan. 1920-yilda u xorijga oʻtib ketgan (uning Hindistonda yashagani haqida ayrim maʼlumotlar mavjud).

Sovet rejimi Osipov isyonini bostirish bahonasida sovet tuzumidan norozi boʻlgan koʻplab kishilarni terror va qatagʻon qilgan. Partiya va sovet ido-ralarida tozalashlar oʻtkazilgan.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000.

Qahramon Rajabov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil