Orjonikidze choʻqqisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Orjonikidze choʻqqisi - Tojikiston (Pomir)dagi togʻ choʻqqisi. Balandligi 6346 m. Somoniyon choʻqqisidan sharqda, Fanlar Akademiyasi tizmasi sharqiy tarmogʻi qirrasida joylashgan. Yon bagʻirlarida qor va firn maydonlari bor. G. K. Orjonikidze nomiga qoʻyilgan. Choʻqqiga ilk bor 1937 yilda, Pomir ekspeditsiyasi ishtirokchilari O. D. Aristov, V. M. Kirkorov va N. A. Gusaklar chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil