Firn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Firn (nem. fi rn — oʻtgan yilgi, eski) — muz donalarining qayta kristallanishi natijasida hosil boʻlgan yirik donador muz. F. qor bilan muz oraligʻidagi bosqich boʻlib, yogʻin, asosan, qor koʻrinishida yogʻadi, togʻlarning yoz boʻyi erib ulgurmaydigan qor chizigidan yuqorida joylashgan qismida va qutbiy oʻlkalarda yuzaga keladi. K,or quyosh radiatsiyasi, iliq havo taʼsirida qayta kristallanishi va suv bugʻining sublimatsiyasi natijasida F.ga aylanadi. F. zichligi 0,45 dan 0,8 g/sm3 gacha. Togʻ muzliklarida F. qalinligi 20—30 m, Antarktidada 100 m gacha yetadi.