Oqshiyroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

OqshiyroqTyanshandagi togʻ massivi, Qirgʻizistonda. Jan.-gʻarbdan shimoli-sharqqa tomon choʻzilgan va Norin daryosi bilan Sarijaz daryosi havzasi oʻrtasida suvayirgʻich. Uz. 50 km. 3 parallel tizmadan iborat. Eng baland joyi 5126 m. Metamorfik slanets, ohaktosh, granitlardan tarkib topgan. Tyanshandagi muhim muzlik markazi. Umumiy maydoni 439 km²; 59 muzlikdan eng kattasi Petrov muzligi boʻlib, Norin daryosi shu yerdan boshlanadi. Baland togʻ-subnival va glyasial-nival landshaftlar asosiy oʻrin tutadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil