Oq Nil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oq Nil
Tavsif
Uzunligi 2 620
Suv sarfi 878 m³/s
Joylashuvi
Davlat Ruanda, Kongo Demokratik Respublikasi,
Sudan, Janubiy Sudan, Tanzania va Uganda
Oq Nil


Oq Nil (inglizcha: White Nile) yoki Bahr ul-Abʼyaz (arab, bahr — daryo, abʼyaz — oq) — Nil daryosining chap irmogʻi, Al-Gʻazal daryosi quyilgan joydan Koʻk Nil daryosi quyiladigan joygacha boʻlgan qismining nomi. Uzunligi 957 km. Eng katta ir-mogʻi (oʻngdan) Sabat (u toʻlib oqqan vaqtlarda koʻplab oqish rangdagi mu-allaq oqiziqlar keltiradi; daryo nomi ham shundan). Sabat qoʻshilgan joydan Koʻk Nil quyiladigan joygacha juda sekin oqadi. Yuqori qismida yillik oʻrtacha suv sarfi 453 m³/sek., Hartum shahri yonida esa 800 m³/sek. Nil suvini tartibga solish uchun Hartum shahridan 40 km yuqorigatoʻgʻon qurilgan. O.N.dan sugʻorishda foydalaniladi, baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil