Onel Hernández

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Onel Ernandes (nemischa va ispancha Onel Hernandez) 1993-yil 1-fevralda Kubada tavallud topgan. Onel Ernandes kubalik va nemis futbolchisi, Angliyaning „Norvich City“ klubi va Kuba terma jamoasi hujumchisi.

Onel Ernandes Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Onel Lázaro Hernández Mayea
Tugʻilgan 1-fevral 1993-yil(1993-02-01) (29 yosh)

Moron, Kuba
Fuqaroligi Germaniya
Kuba
Boʻyi 172 sm
Pozitsiya hujumchi
Klub haqida maʼlumot
Klub Flag Anglii Norvich City
Raqami 25
Yoshlar klubi
Flag Germanii Vestfaliya Noyenkirxen
Flag Germanii Gyuterslo 2000
Flag Germanii Rot-Vayss (Alen)
2007—2010 Flag Germanii Arminiya
Klubdagi faoliyati
2010—2012 Flag Germanii Arminiya 28 (0)
2011—2012 Flag Germanii Arminiya II 8 (0)
2012—2013 Flag Germanii Verder II 45 (4)
2014—2016 Flag Germanii Volfsburg II 53 (7)
2016—2018 Flag Germanii Ayntraxt (Braunshveyg) 51 (6)
2018—h.v. Flag Anglii Norvich City 101 (9)
2021 Flag Anglii Midlsbro 17 (1)
2022 Flag Anglii Birmingem Sity 22 (3)
Terma jamoa safida
2010 Flag Germanii Germaniya (U 18) 1 (0)
2021— h.v. Flag Kubi Kuba 4 (2)

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onel 1993-yil 1-fevralda Kubaning Moron shahrida tugʻilgan, ammo 6 yoshida onasi va singlisi bilan Germaniyaga koʻchib oʻtgan. Onel Ernandesning yoshligi Gutersloh shahrida oʻtgan. U Germaniyadagi TuS Westfalia Neuenkirchen maktabida futbol oʻynay boshlagan.U yerda nemis oʻgay otasi Evald bilan birga mashgʻulotlar oʻtkazgan[1].

2007-yildan boshlab Onel „Arminia“ klubida oʻynay boshlagan. U asosiy jamoadagi debyutini 2010-yil 1-oktabr kuni Ikkinchi Bundesliganing „Paderborn 07“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va u oʻyinda Frank Gela oʻrniga 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan. 2010/11-yilgi mavsum oxirida Arminiya Ikkinchi Bundesligadan tushib ketgan va keyingi mavsumda Ernandes uchinchi Bundesligadagi jamoada oʻynay boshlagan. Shu bilan birga Regional ligada „Arminia farm“ klubi tarkibida maydonga tushgan. 2012-yilning yozida Onel klubni tark etgach, u bir necha yil Regional ligada oʻynagan va u yerda „Verder II“ va „Volfsburg II“ tarkibida toʻp surgan. 2016-yilning yozida u Ikkinchi Bundesliga vakili „Ayntraxt“ (Braunshveyg) bilan shartnoma imzolagan va shu zahotiyoq asosiy futbolchiga aylangan. 2016/17-yilgi mavsum oxirida „Ayntraxt“ ligada uchinchi oʻrinni egallagan va „Volfsburg“ klubi bilan Bundesligaga kirish uchun pley-offga chiqqan. Ernandes ikkala uchrashuvda ham qatnashgan, biroq „Ayntraxt“ har ikki oʻyinda ham 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan va Ikkinchi Bundesligada qolishga majbur boʻlgan.

Keyingi mavsumda Ernandes Angliya chempionatining „Norvich City“ klubiga oʻtgan. 2018/19-yilgi mavsumda „Norvich City“ chempionlikni qoʻlga kiritgan va Premer-ligaga yoʻl olgan. Futbolchining oʻzi esa chempionat mavsumida 40 ta oʻyinda qatnashib, 8 ta gol kiritishga muvaffaq boʻlgan. Chempionatdagi muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng futbolchining shartnomasi uzaytirilgan[2]. 9-avgust kuni "Liverpool"ga qarshi 1-tur oʻyinida Ernandes 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, Premer-ligadagi debyutini oʻtkazgan va shu tariqa turnir tarixidagi asli kubalik birinchi futbolchiga aylangan[3].

2021-yilning avgustida u „Midlsbro“ga ijaraga berilgan[4]. U klubdagi ilk golini 2021-yil 15-sentabrda „Nottingem Forest“ darvozasiga kiritgan[5].

2022-yilning yanvarida u „Birmingem City“ klubiga ijaraga berilgan[6]. Ernandesning birinchi oʻyini „Birmingem City“ uchun „Preston North End“ jamoasiga qarshi oʻyinda boshlanib, 83 daqiqa oʻynadi va oʻyinning oʻzi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan[7]. Birinchi golini 2022-yil 23-yanvarda „Barnsli“ darvozasiga kiritgan[8].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Onel Ernandes 18 yoshgacha boʻlgan Germaniya terma jamoasi tarkibida ukrainalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushgan.

2018-yilning noyabr oyida futbolchi ilk bor Kuba terma jamoasiga 2019/2020-yilgi Millatlar ligasi saralashida Dominikan Respublikasiga qarshi oʻyin uchun chaqirilgan. Biroq, futbolchi ichki siyosiy sabablarga koʻra oʻyinda ishtirok eta olmagan. Kuba terma jamoasida faqat mahalliy oʻyinchilar oʻynashi mumkin deb qaralgan. Ernandesning oʻzi terma jamoada oʻynashdan manfaatdor boʻlishi va kelajakda vaziyat oʻzgarishiga umid qilishini taʼkidlagan[1].

2021-yilning 25-mart kuni Ernandes Kuba terma jamoasidagi debyutini JCh-2022 birinchi saralash bosqichi doirasida Gvatemala terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan[9].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Norvich City“[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chempionat gʻolibi: 2018/19, 2020/21

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinlar boʻyicha natijalar 2022-yil 6-avgustda holatida:

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha gollar
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga Boshqa Jami
Dvizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Arminia Bielefeld II 2010-11 Regional liga West 5 0 5 0
Arminia Bielefeld 2010-11 2. Bundesliga 10 0 0 0 10 0
2011-12 3. Liga 18 0 1 0 19 0
Jami 28 0 1 0 0 0 29 0
Werder Bremen II 2012-13 Regional liga Nord 31 0 31 0
2013-14 Regional liga Nord 14 4 14 4
Jami 45 4 0 0 45 4
VfL Wolfsburg II 2013-14 Regional liga Nord 9 1 0 0 9 1
2014-15 Regional liga Nord 31 4 31 4
2015-16 Regional liga Nord 13 2 2 0 15 2
Jami 53 7 2 0 55 7
Eintracht Braunschweig 2016-17 2. Bundesliga 34 5 0 0 2 0 36 5
2017-18 2. Bundesliga 17 1 1 0 18 1
Jami 51 6 1 0 2 0 54 6
Norwich City 2017-18 Chempionat 12 0 0 0 12 0
2018-19 Chempionat 40 8 1 0 2 1 43 9
2019-20 Premier Liga 26 1 3 1 0 0 29 2
2020-21 Chempionat 21 0 1 0 1 0 23 0
2021-22 Premier Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2022-23 Chempionat 8 1 0 0 0 0 2 0
Jami 101 10 5 1 3 1 0 0 109 12
Middlesbrough (ijara) 2021-22 Chempionat 17 1 1 0 0 0 18 1
Birmingham City (ijara) 2021-22 Chempionat 22 3 22 3
Umumiy faoliyatida 322 30 8 1 3 1 4 0 337 32

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Norwich’s Onel Hernández: ‘Itʼs sad. Cuban players want to play for freeʼ
  2. „Norwich City winger handed new long-term deal after superb Championship season“. 27-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  3. Kubinskiy futbolist vpervie v istorii sigral v APL
  4. „Onel Hernandez: Middlesbrough sign Norwich City's Cuba winger on season-long loan“. BBC (29-avgust 2021-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2021-yil.
  5. „Nottingham Forest 0-2 Middlesbrough“. BBC Sport (15-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2021-yil.
  6. Johns, Craig. „Onel Hernandez's Middlesbrough loan ends early as winger joins Birmingham City“. GazetteLive (14-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2022-yil.
  7. „Preston North End 1–1 Birmingham City“. BBC Sport (15-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2022-yil.
  8. Davitt, Paddy. „City loanee Onel proves a goalscoring talisman for Blues“. Eastern Daily Press (23-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2022-yil.
  9. Protokol matcha Gvatemala — Kuba