Omdurman islom universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omdurman islom universiteti
(OUI)
Asl nomi arabcha: جامعة أم درمان الإسلامية
Asos solingan 1901-yil
Oʻquv yurti turi Jamoat universiteti
Prezident

Professor Hasan Abbos

oldin professor Muhammad Usmon Solih
Manzili Omdurman, Sudan
Vebsayti oiu.edu.sd

Koordinatalari: 15°34′24.960000000003″N 32°26′58.559999999988″E / 15.57360000000000078°N 32.44959999999999667°E / 15.57360000000000078; 32.44959999999999667 G O

Omdurman islom universiteti (OIU; arabcha: جامعة أم درمان الإسلامية) Sudanning Omdurman shahrida taxminan 800 feddanlik (3 360 000 kvadrat metr) maydonda qurilgan. Maktab oʻqitish tizimi asosan islomshunoslikka yoʻnaltirilgan boʻlsa-da, muhandislik, qishloq xoʻjaligi va tibbiyot kabi boshqa fanlardan ham taʼlim beriladi[1]. Omdurman islom universiteti Islom olami universitetlari federatsiyasi aʼzosi hisoblanadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omdurman islom universiteti ilgari Omdurman ilmiy instituti deb atalgan. Omdurman ilmiy instituti zamonaviy Sudanda tashkil etilgan birinchi xususiy ilmiy institut boʻlib, koʻplab taniqli Sudan olimlari va shaxslari shu institutni bitirgan. Sudan olimlari oʻsha paytda mustamlaka hukumatidan Omdurman Ilmiy Institutini tashkil etishni soʻrashgan va rozilk olingach 1912-yilda xorijiy taʼlimga asoslangan institut tashkil qilgan[3]. Institut Sudanda Al-Azhar tizimini qabul qilgan muntazam diniy taʼlimning boshlanishini ifodalaydi. Ilmiy institut XX asrning 60-yillari oʻrtalarida rivojlanib, keyinchalik 1965-yilda Omdurman Islom universitetiga aylangan.

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omdurman islom universitetida qyidagi fakultetlar mavjud[4]:

  • Tibbiyot va sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti
  • Fan va texnologiya fakulteti
  • Muhandislik fanlari fakulteti
  • Qishloq xoʻjaligi fakulteti
  • Farmatsevtika fakulteti
  • Shariat va huquq fakulteti
  • Tibbiyot laboratoriyalari fanlari fakulteti
  • Iqtisodiyot fakulteti
  • Media fakulteti
  • Taʼlim fakulteti
  • Kompyuter va axborot texnologiyalari fakulteti

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Omdurman Islamic University in Sudan“. www.123university.net. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  2. „Member Universities“. Federation of the Universities of the Islamic World. 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-sentyabr.
  3. „Omdurman Islamic University | Tuition Fees | Offered Courses | Admission – Counselor Corporation“ (en) (2022-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  4. „Omdurman Islamic University | Tuition Fees | Offered Courses | Admission – Counselor Corporation“ (en) (2022-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.