Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti
Turi | Xalqaro tashkilot |
---|---|
Egasi | Islom konferensiyasi tashkiloti |
Qachon asos solingan | 1981 |
Joylashuvi | Marokash , Rabot (shahar) |
Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (inglizcha: ICESCO'') – musulmon mamlakatlarida ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi, a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ixtisoslashgan tashkilotdir. ICESCO qarorgohi Rabotda (Marokash) joylashgan. Uning bosh direktori, doktor Salom Bin Muhammad Al Malik bo‘ladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-yil 28-25-yanvar kunlari Muqaddas Makka shahrida bo‘lib o‘tgan uchinchi islom anjumanida qabul qilingan oliy qaror Islom hamkorlik tashkiloti qoshida “Ta’lim, fan va madaniyati bo‘yicha islom tashkiloti” deb nomlangan qo‘shma islom ishchi-xodim organlari doirasida yangi xalqaro islom organi tashkil etilganligi o‘z tasdig‘ini topadi.
2020-yil 30-yanvar, chorshanba kuni Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) Ijroiya kengashi 2020-yil 29-30-yanvar kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan qirqinchi sessiyasida tashkilotning yangi nomi — Ta’lim, fan va madaniyat islom dunyosi tashkiloti (ICESCO) tasdiqlandi[1] .
ICESCO Bosh direktori, doktor Salom Bin Muhammad Al-Malik tashkilot nomining o‘zgarishi tashkilotning diniy bo‘lmagan missiyasi mohiyatiga oid keng tarqalgan ikkiyuzlamachilikni bartaraf etish va keng dunyoqarashni ochish maqsadida xalqaro miqyosda aloqa munosabatlarini tiklashga qaratilganganligini ta’kidlaydi[2] . Uning aytishicha, tashkilotning yangi nomi uning faoliyat yo‘nalishlari, xususan, ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiyalar sohasidagi madaniylashtirish vazifasi mohiyatini to‘g‘ri aks ettiradi.
Maqsadlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]a) a’zo davlatlar o‘rtasida ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, rag‘batlantirish va o‘zlashtirish, shuningdek, ushbu sohalarni islom olamining madaniylashtirilgan belgisi doirasida va islom olami nuqtai nazaridan umuminsoniy qadriyat va g‘oyalarni targ‘ib qilish va rivojlantirish;
b) a’zo davlatlar va undan tashqarida xalqlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlash, shuningdek, turli yo‘llar bilan, ayniqsa, ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiya orqali dunyoda tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatishga ko‘maklashish;
d) islom va islom madaniyati g‘oyasini kengaytirish, ta’lim, madaniyat va dinlar o‘rtasidagi muloqotni rag‘batlantirish, islom ta’limotiga muvofiq adolat va tinchlik madaniyati qadriyatlarini, erkinlik va inson huquqlari tamoyillarini yoyishga harakat qilish;
e) A'zo davlatlarda madaniy o'zaro ta'sirni rag'batlantirish va uning xilma-xilligi namoyon bo'lishini qo'llab-quvvatlash, shu bilan birga madaniy o'ziga xoslikni saqlab qolish va mustaqil intellektuallikni himoya qilish;
f) Islom hamkorlik tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat va kommunikasiyalar sohasidagi ixtisoslashgan institutlari o‘rtasida hamda ISESCOga a’zo davlatlar o‘rtasida bir-birini to‘ldirish va muvofiqlashtirishni kuchaytirish, shuningdek, a’zo davlatlar ichida ham, tashida ham umumiy davlat va nodavlat notijorat institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash;
g) O‘quv dasturlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida, intellektual xususiyatlarini kengaytirish va islom madaniyatiga e’tibor qaratish hamda uning asosiy jihatini ochib berish;
h) a’zo davlatlarning ta’lim tizimlari o‘rtasida bir-birini to‘ldirish va o‘zaro bog‘liqlik ustida ishlash;
i) ISESCOga a’zo bo‘lmagan islom davlatlarining ta’lim, fan va madaniyat muassasalari sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash[3] .
A’zo davlatlarning ISESCOga kirgan yili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom olami Ta’lim, fan va madaniyati tashkiloti Nizomida aytilishicha, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo har bir davlat nizomi rasmiy imzolanganidan keyin va qaror qabul qilish bo‘yicha huquqiy va qonunchilik jarayonlari tugagandan so‘ng ICESCO ga a’zo bo‘ladi. qo‘shilish va bu haqda ICESCO Bosh ma’muriyatiga yozma ravishda xabar berishi kerak. Islom anjumani tashkilotiga a’zo yoki kuzatuvchi bo‘lmagan har qanday davlat ICESCO ga a’zo bo‘la olmaydi.
Bugungi kunda Islom tashkilotiga a’zo davlatlar soni 57 ta, umumiy hisobda olganda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar esa 52 ta yetdi.
Ushbu davlatlar arab alifbosi tartibida tashkilotga kirgan yili bilan joylashtirilgan:
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „На 40-й сессии Исполнительного совета ИСЕСКО принят ряд важных решений“ (ru). azertag.az. 2020-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
- ↑ „ИСЕСКО переименована в Организацию по вопросам образования, науки и культуры исламского мира“ (ru). Исламосфера (2020-yil 12-fevral). 2020-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
- ↑ „ИСЕСКО учредила дополнительную награду в размере 200 тысяч долларов за борьбу с COVID-19“ (ru). azertag.az. 2020-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tashkilotning rasmiy sayti
- Мирсаяпов, Марсель „Исламская организация по вопросам образования, науки и культуры – ИСЕСКО“. IslamRF.Ru (2012-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 25-fevral.
- Said Komilev bilan suhbat