Olmaxonsimonlar
Olmaxonsimonlar (Sciuridae) — kemiruvchilar oilasi. Gavdasining uzunligi 6—60 sm. 25 ga yaqin urugʻi, jumladan, olmaxonlar, burunduqlar, sugʻurlar, ingichka barmokli yumronqoziqlar va boshqa mavjud. 230 ga yaqin turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikaning shim. qismida moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalardagi oʻrmonlar, ochiq tekisliklar, tundra va baland togʻlarda (3800 m balandlikkacha) tarqalgan. Daraxtlarda (olmaxonlar, burunduklar), yerda (sugʻurlar, yumronqoziqlar) hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari qishda uyquga ketadi. Asosan, oʻsimliklar bilan oziqlanadi, ayrim turlari qishga oziq gʻamlaydi. Yilda 1—3-marta bolalaydi. 6 turi Xalqaro Qizil kitobga, koʻk sugʻur Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |