Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev
Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev — jamoat arbobi. Turkistondagi mashhur ulamo, harbiy sarkarda va jamoat arbobi Alixontoʻra Sogʻuniyning akasi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻqmoq shahrida XIX asr 80 - yillari boshlarida ulamo Shokirxoʻja hoji xonadonida tugʻilgan. Bolaligi oʻzbeklar orasida oʻtgan. Oʻzbek xalqining asrlar davomida shakllangan boy madaniyati an’analari asosida tarbiyalangan. Toʻqmoq va Bolasogʻunda yashagan. Bolasogʻundan tashqari uygʻurlar va koʻchmanchi qirgʻizlar orasida ham katta hurmatga sazovor boʻlgan.
Siyosiy faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]1917-yil noyabrda e’lon qilingan Turkiston Muxtoriyati hukumati faoliyatida qatnashgan. Turkiston Milliy Majlisi a’zosi. Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach, Qoʻqondan chiqib ketadi va chorvadorlar orasida yashaydi. Alixontoʻra Sogʻuniyning „Turkiston qaygʻusi” xotiralar kitobida yozilishicha, Qoʻqon fojialaridan 2-3-yil keyin u akasi Olimxontoʻra taqdiri bilan qiziqib, Qoshgʻar safaridan soʻng oʻz yashash joyi - Bolasogʻun va Toʻqmoqdan Qoʻqon va Andijonga keladi. Andijondagi Xoʻtanariq boʻyidagi ota mahallasida yashovchi pochchasi Abdullahoji uyida Alixontoʻra oʻz akasi Olimxontoʻra bilan diydor koʻrishadi[2]. Olimxontoʻraning keyingi taqdiri haqida maʼlumotlar uchramaydi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alixontoʻra Shokirxoʻja oʻgʻli