Olga Bardina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Olga Vasilyevna Bardina
Tugʻilishi 23-dekabr 1932-yil(1932-12-23)
Vafot sanasi 01-may 2001-yil(2001-05-01)
(68 yoshda)
Vafot joyi Moskva
Kasbi opera va kamera ijrochisi
Mukofotlari RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1967), RSFSR xalq artisti (1974), SSSR xalq artisti (1978)

Olga Vasilyevna Bardina (1932-yil 23-dekabr — 2001-yil 1-may) - sovet rus opera va kamera ijrochisi (lirik-dramatik sopranoda). SSSR xalq artisti (1978-yilda)[1][2].

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olga Bardina 1932-yil 23-dekabrda Behbudiy (hozirgi Qashqadaryo viloyatining Qarshi[3]) shahrida tugʻilgan.

Olga 1954-yilda Toshkent shahridagi Oʻrta Osiyo davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tarix fakultetini, 1959-yilda E.V.Radomskiy nomidagi Toshkent konservatoriyasi (ayni kunda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi) xonandalik fakultetini tamomlagan.

Bardina 1959-1962-yillarda Davlat opera va balet teatrining yakkaxoni boʻlgan. Toshkentda A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri, (bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri), soʻng Ufadagi opera va balet teatri yakkaxoni sifatida tanilgan[4].

Olga 1962-yildan 1983-yilgacha Saratovda N.G.Chernishevskiy nomidagi opera va balet teatrining yakkaxoni boʻlgan. Uning repertuarida 40 dan ortiq opera qoʻshiqlari mavjud.

Opera yakkaxoni 1984-yildan beri u RSFSR(Rossiya Sovet Federativ Sosialistik Respublikasi)  Davlat gastrol va konsert assosiasiyasining yakkaxoni (hozir kunda Federal davlat byudjeti madaniyat muassasasi (FDBMM))deb yuritiladi[5].

Bardina opera konsertlarida ishtirok etgan. Mumtoz opera qoʻshiqlaridan tashqari, u qadimgi rus qoʻshiqlari va romanslarni ham ijro etgan.

U SSSR va xorij davlatlariga gastrollar uyushtirib, uning barcha yakkaxon sifatida ijro etgan qoʻshiqlari gramplastinkaga yozib qoʻyilgan[6].

Olga Bardina 2001-yil 1-mayda vafot etdi. U Moskvadagi Sherbin qabristoniga dafn qilindi[7].

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

• RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1967-yilda)

• RSFSR xalq artisti (1974-yilda)

• SSSR xalq artisti (1978-yilda)

Opera ijrosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Natasha - A.S.Dargomijskiyning "Suv parisi"

• Tatyana - P.I.Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin"

• Liza - P.I.Chaykovskiyning "ekspremal xonim"

• Nastasya - P.I.Chaykovskiyning "Afsungar"

• Yaroslavna - A.P.Borodinning "Knyaz Igor"

• Aida - G. Verdining "Aida"

• Dezdemona – G.Verdining “Otello”si

• Elizabet - G.Verdining "Don Karlos"

• Toska - G.Puchchini tomonidan "Sogʻinish"

• Cio-Cio-san - G.Puccinining "Madam Batterflay"

• Karmen - J.Bizening “Karmen”i

• Mapo - Z.P.Paliashvilining "Daisi"

• Ortrud - R.Vagnerning "Loengrin"

• Margarita - SH. Gunodning "Faust"

• Marfa - "Saroy xonimi" N.A.Rimskiy-Korsakov

• Natalya - T.N.Xrennikovning "Boʻron"

• Anna Snegina - A.N.Xolminovning "Anna Snegina"

• Nadejda Petrovna – K.V.Molchanovning "Rus ayoli".

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Гейлиг М., Ольга Бардина // «СМ», 1970, No 3;
  • Гейлиг М., До самой сути // «Театральная жизнь», 1979, No 4.
  • Белов Е. Гостья из Саратова // Коммуна. Воронеж. 1969. 27 февраля.
  • Ольга Бардина // Рабочий путь, Смоленск. 1971. 16 июня.
  • В гостях у сибиряков // Коммунист. Саратов. 1972. 4 марта.
  • Володин В. И любовь к романсу // Черномор. здравница. Сочи. 1974. 12 июня.
  • Искусство сближает людей // Коммунист. Саратов. 1974. 30 ноября.
  • «Хочется работать лучше…» // Коммунист. Саратов. 1974. 25 августа.
  • Златорунский В. Талант и мастерство // Тюмен. правда. 1976. 31 июля.
  • Поет Ольга Бардина // Коммунист. Саратов. 1977. 30 ноября.
  • Бражник М. Гостья Уфы — Ольга Бардина // Веч. Уфа. 1978. 6 апреля.
  • Каждый выход — праздник // Коммунист. Саратов. 1978. 26 марта.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]