Aleksandr Dargomijskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Sergeyevich Dargomijskiy (1813.2.2, Tula gubernyasi — 1869.5.1, Peterburg) - rus kompozitori, Rossiya kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Dargomijskiy asarlarida ijtimoiy, hajviy va lirik-falsafiy mavzular ilgari surilgan. "Suv pariyey" (Pushkinning shu nomli asari asosida, 1855) operasida yangi — xalqchil-psixologik musiqiy dramaturgiya yuzaga keldi. "Tosh mehmon" operasida mazkur janrning islohoti davom ettirilgan. Dargomijskiyning romanslarida yangicha shakllar rivoj topdi: lirik-dramatik monolog , ballada, hajviytanqidiy va maishiy mavzulardagi qoʻshiq va b. Vokal uslubini yangilash yoʻlida Dargomijskiy rechitativ ifodaviyligini har bir soʻz maʼnosidan kelib chiqqan holda boyitgan. Dargomijskiyning romans, qoʻshiq va operalari, simfonik orkestr uchun yaratilgan "Yalmogʻiz kampir" hajviy fantaziyasi Oʻzbekistonda keng ijro etilmoqda.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil