Kontent qismiga oʻtish

Olena Kostevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olena Kostevich

Kostevich 2020-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 14-aprel 1985-yil (1985-04-14) (39 yosh)
Xabarovsk, USSR, SSSR[1]
Faoliyat yillari 2000-
Boʻyi 1.62 m[1]
Vazni 53 kg[1]
Sport
Qaysi sport Toʻpponchadan oʻq otish
Pozitsiyasi Igor Cheredinov[1]
Klubi Dinamo[1]

Olena Dmitriyevna Kostevich (ukraincha: Олена Дмитрівна Костевич; 1985-yil 14-aprelda tugʻilgan) — ukrainalik sportchi. Toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha Ukraina sharafini himoya qiladi. 10 metrlik masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 2004-yilgi olimpiya chempioni, 10 metrlik (2002-yil) va 25 metrlik (2018 yil) masofalar pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha jahon chempioni. Koʻp karra Yevropa chempioni va sovrindori. Universiada chempioni.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kostevich Xabarovsk (Sovet Ittifoqi, Rossiya SFSR) shahrida tugʻilgan. Ona shahri boʻlgan Chernigovga koʻchib oʻtgan. Chernigov davlat texnologiya universitetida tahsil olgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kostevich Ukraina sharafini himoya qiladi. 17 yoshida (2002-yil) pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 2003-yilda jaahon kubogi finalida gʻalaba qozongan. 2004 yilda Afinada boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2008-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida 25 metrlik masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 26-oʻrinni va 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 31-oʻrinni egallagan. Uning Ukrainadagi rekordi (394 ochko) jahon rekordidan bir ochkoga koʻproq.

2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida Kostevich 10 metrga pnevmatik toʻpponcha va 25 metrga sport toʻpponchasidan oʻq otish musobaqalarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan[3][4]. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarida sovrindorlar qatoriga kira olmagan.

2020-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida (Tokio, 2021-yil 25-iyul) 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish musobaqasida 4-oʻrinni egallagan; 2021-yil 27-iyul kuni Olena Kostevich va Oleg Omelchuk oʻn metrli masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]