Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ogahiy nomidagi ijod maktabi Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. Qarorga muvofiq, 2019-yil dekabr oyida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanadi. Shuningdek, Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Ijod maktabi) tashkil etiladi[1].

Xorazm viloyati Xiva shahri Qiyot mahallasi, "A'lo" koʻchasi 45-A uyda joylashgan.

Maktab taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ogahiy nomidagi ijod maktabiga oʻquvchilar 7-sinfdan boshlab maxsus imtihonlar orqali qabul qilinadi va taʼlim 11-sinfgacha davom etadi. Maktabda ona tili va adabiyot, ingliz tili fanlari chuqurlashtirib oʻqitiladi. Dars mashgʻulotlaridan keyingi vaqtda qoʻshimcha fan toʻgaraklari va agentlik tasarrufidagi ijod maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5188-sonli qaror asosida toʻgaraklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Har chorakda ichki monitoring orqali oʻquvchilar bilimi imtihondan oʻtkaziladi.Oʻzlashtirishi past boʻlgan oʻquvchilar maktabdan chetlatiladi. Maktabda hozirgi vaqtda oʻqituvchilar soni jami 29 nafarni, oʻquvchilar soni 200 nafarga yaqinni tashkil etadi.

Qulayliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktabda darslardan tashqari ijodiy va zamonaviy kasblar oʻrgatiladi. Oʻquvchilar bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Barcha oʻquvchilar uchun 5 mahal ovqat bepul. Maktabni bitirgach, bitiruvchilar pedagogika yoʻnalishida istalgan OTM ga shartnoma asosida qabul qilinish imkoniyatiga ega. [1]

Jihozlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab-internatining umumiy quvvati 220 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 200 oʻrinli faollar zali,  125 oʻrinli oʻquvchilar yotoqxonasi hamda 110 oʻrinli oshxona binolaridan iborat. 1 ta kompyuter xonasi zamonaviy sensorli ekran, sinf xonalari eng soʻnggi rusumdagi kompyuterlar va elektron doskalar bilan taʼminlangan. Maktab-internati toʻliq holatda internet tarmogʻiga ulangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]