Obloqul Uzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obloqul Uzoqov (1922.10.4 Samarqand viloyati Urgut shahri — 1955.26.7) — Ikkinchi jahon urushi qahramoni, gvardiyachi serjant. 16-gvardiyachi Chernigov otliq askarlar diviziyasi, 62-polk, 1-eskadron vzvodining boʻlim komandiri. Dnepr daryosini kechib oʻtishda (1943 yil 28 sentabr) koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944 yil 15 yanvar)[1]. Urushdan soʻng xalq xoʻjaligining turli sohalarida masʼul vazifalarda ishlagan. Fargona viloyati, Dangʻara shahar tipidagi shaharcha koʻchalaridan biri va Urgut shahridagi maktab uning nomi bilan ataladi, tugʻilgan qishlogʻi Qoratepada haykali oʻrnatilgan.



  1. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 15 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 23 января (№ 4 (264)). — С. 1.