Obishir gʻorlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obishir gʻorlari - mezolit davriga oid gʻorlar. Fargʻona viloyati hududidagi Soʻx daryosining qadimgi oʻzani Obishir soyning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya institutining Fargʻona paleolit otryadi 5 ta gʻorni tekshirgan (1966). Obishir-1 va Obishir-5da qazish ishlari olib borgan. Ularning sanasi miloddan avvalgi 8-ming yillikka oid. Obishir-1ning eni 25,5 m boʻlib, balandligi 12 m. Gʻordan tosh qadama pichoklar, mikroplastinkalar, parmalar, bigizlar, qirgʻichlar, nuk-leuslar topilgan.

Obishir-5, Obishir-1 dan 200 m gʻarbda. Uning eni 8 m, balandligi 10 m. Gʻorda 3 ta madaniy qatlam mavjud. Quyi qatlam antik davrga oid, qalinligi 1 — 1,20 sm. Undan soʻng qalinligi 30—40 sm lik mezolit davriga tegishli qatlam boshlanadi, unda tosh qurollar va hayvon suyaklari koʻplab uchraydi. Uchinchi qatlam ham shu davrga taallukli boʻlib, qalinligi 3–4 m. Bu yerda tosh qurollar nisbatan ancha kam. Obishir-5 gʻori yashash uchun qulay boʻlganligidan unda qadimda odamlar yashagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil