Oʻzbekiston stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O'zbekiston Stadioni
Sobiq nom(lar)i Mexnat stadioni
Joyi Yaypan, Oʻzbekiston
Qachon ochilgan 1975-yil
Qachon taʼmirlangan 2018-2022-yillari
Egasi Turon futbol klubi
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 8.000 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Turon futbol klubi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi

Oʻzbekiston Stadioni Oʻzbekiston tumanida Yaypan shahrida[1] joylashgan boʻlib,Turon (futbol klubi) jamoasining uy stadioni hisoblanadi.

Oʻzbekiston tumani hokimi Qahramon Joʻrayevning tashabbusiga koʻra klub uy oʻyinlarini oʻtkazadigan stadionga „Oʻzbekiston“ nomi berildi va ayni kunda oʻyingoh holati zamonaviy koʻrinishga keltirildi.[2]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion Oʻzbekiston Tumanida joylashgan boʻlib, 1970-yillarda qurilgan, sobiq nomi „Mexnat“ stadionidir. Stadionda „Olimjon Akbarov“ va „Mehnat“ kabi maxalliy jamoalar toʻp surgan. Bugungi kunda mahalliy Turon (futbol klubi) uy stadioni hisoblanadi. Oʻzbekiston stadioni 2018-yildan boshlab keng taʼmirlash ishlari boshlandi[3] maydon sifati OFK va FIFA talablariga javob beradigan darajaga keltirilgan. 2021-2022 yillarda taʼmirlash ishlaridan[4] soʻng FIFA standartlariga javob beradigan xolatga keltirildi[5]. Stadionda yuqori darajadigi uchrashubvlardan 2022-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi baxsi oʻtkazilgan.[6][7] Bugungi kunda stadion 8000 yaqin muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadionda Germaniyalik mutaxassislar tajribasi asosida ishlab chiqilgan darvoza uskunasi hamda zamonaviy uslubdagi zahira oʻrindiqlari keltirib oʻrnatilgan[8]. 2021-yilgi mavsumda ilk bor Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etayotgan „Turon“ futbol klubining uy oʻyingohi hisoblanadigan „Oʻzbekiston“ arenasi FIFA standartlariga mos xolga keltirildi. Xususan oʻyingohda 4x8 m oʻlchamda ulkan „UZLED“ elektron monitori hamda  yorugʻlik darajasi 2000 lyuks boʻlgan „Philips“ svetodiod yoritish tizimlari oʻrnatildi, shuningdek 3500 oʻrinli qoʻshimcha tribunalar qurib bitkazildi. „Oʻzbekiston“ stadionida muxlislar va mehmonlar uchun zamonaviy 140 oʻrinli VIP sektor, video operatorlar, suhandon hamda matbuot xizmati xodimlari uchun maxsus shinam joylar mavjud[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yaypanda Stadionni ta'mirlanishi 2017“ (2017-yil 22-iyul). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  2. https://www.europlan-online.de/stadion-uzbekistan/stadion-65738.html
  3. „"Турон" бугун Суперлигада дебют қилади. Жамоа уй учрашувларини қабул қиладиган стадион дербига тайёр“ (2021-yil 10-mart). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  4. „"Турон" жамоаси стадион майсаларини янгиламоқда“ (09 янв 2020). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  5. „Яйпандаги “Ўзбекистон” ўйингоҳи ФИФА стандартларига мос аренага айланмоқда. Стадион сиғими 5 минг ўринга кўпайтирилади (Фото)“ (2021-yil 27-yanvar). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  6. „"Paxtakor" o'z tarixida ikkinchi bor Superkubokni qo'lga kiritdi yoxud Samarqanddagi scenariy takrorlandi“ (2022-yil 27-fevral). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  7. „Superkubok-2022. Yaypandagi stadiondan super eksklyuziv GALEREYA“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  8. „Фарғона вилояти ҳокими Яйпандаги “Ўзбекистон” стадионида олиб борилаётган реконструкция ишлари билан танишди“ (27 янв 2021). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  9. „Яйпаннинг "Турон" клуби уй стадионида қурилиш деярли якунланди“ (25 апр 2020). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]