Nyu-York (Ukraina)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nyu-York

ukraincha: Нью-Йорк
shahar tipidagi posyolka
Skyline of Nyu-York
Nyu-York
Gerb
48°18′56″N 37°53′2″E / 48.31556°N 37.88389°E / 48.31556; 37.88389 G OKoordinatalari: 48°18′56″N 37°53′2″E / 48.31556°N 37.88389°E / 48.31556; 37.88389 G O
Mamlakat Ukraina
Viloyat Donetsk viloyati
Tuman Baxmut tumani
Jamoat Toretsk shahar jamoati
Avvalgi nomlari Novogordske
Qachondan beri shahar tipidagi posyolka 1938
Markazi balandligi 106 m
Rasmiy til(lar)i ukraincha
Aholisi
 (2022)
9 735[1]
Telefon kodi 6247
Pochta indeks(lar)i 85294 — 85297
KOATUU 1411246500
Nyu-York xaritada
Nyu-York
Nyu-York

Nyu-York (ukraincha: Нью-Йорк; 1951—2021-yillarda Novgorodske, ukraincha: Новгородське deb atalgan) — Ukrainaning Donetsk viloyati, Baxmut tumani, Toretsk shahar jamoatiga qarashli shahar tipidagi posyolka.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nyu-York posyolkasiga Yekaterina II taklifi bilan Rossiyaga kelib joylashgan mennonitlar jamoati tomonidan asos solingan. SSSR davrida (1931-yilgacha) mennonitlar Amur viloyatiga surgun qilinib, u yerda ham shu nomdagi qishloqqa asos solishgan.

Posyolka 1951-yilgacha Nyu-York deb atalgan[2][3], hatto Viktor Nekrasovning „V rodnom gorode“ dramasida ham shu nom bilan eslab oʻtilgan. Keyinchalik, posyolkaning nomi Novgorodske deb oʻzgartirilgan. Yaʼni Sovuq urush oqibatida sobiq hamkorlarSSSR va AQSh munosabatlari buzilguniga qadar posyolkaning nomi oʻzgartirilmagan.

Posyolkada Dzerjinsk fenol zavodi faoliyat yuritadi. Avval Grigoriy Petrovskiy nomidagi Novgorodske mashina zavodi ham boʻlgan (hozirda ishlamaydi, sexlar va boshqa binolar sotilgan; ayrimlarida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, boshqalari konservatsiyalangan; uchta sex qurilish materiali sifatida foydalanish uchun buzilgan).

Posyolkada „Fenolna“ nomli temiryoʻl stansiyasi joylashgan.

2021-yilning 1-iyul kuni Ukraina Verxovna Radasi Novgorodske shahar tipidagi posyolkani Nyu-York deb nomlab, unga tarixiy nomini qaytardi[4].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Aholi soni
1859 3 368[sharh 1]
1885 4 037[sharh 2]
1897 4 586[sharh 3]
1908 7 250[sharh 4]
1939 13 051[sharh 5]
1959 12 913[sharh 6]
1970 13 223
1979 13 064
1987 13 400
1989 13 195
1992 13 200
1998 12 100
2001 11 927
2009 11 040
2010 11 019
2011 10 948
2012 10 892
2013 10 850
2014 10 788

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

enol zavodi binosi

Posyolka hududida Fenolna temiryoʻl stansiyasi va „KostyantinivkaYasinuvata“ temiryoʻl liniyasining Fenolna stansiyasi joylashgan.

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bogdan Xmelnitskiy haykali
  • Fenol zavodi istirohat bogʻi
  • Nemis qabristoni
  • Ulugʻ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga oʻrnatilgan haykal
  • „Ukraina Nyu-Yorki“ tarix va madaniyat markazi[5]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. sundan, Jeleznoye aholisi — 3 283, Nyu-York aholisi — 85
  2. faqat Jeleznoye aholisi
  3. faqat Jeleznoye aholisi
  4. shundan, Jeleznoye aholisi — 5 757, Nyu-York — 1 493
  5. shundan, Novgorodske aholisi (avvalgi Nyu-York) — 4 737, Jeleznoye — 8 314
  6. shundan, Novgorodske aholisi — 5 285, Jeleznoye — 7 628

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Источник“. 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  2. „Заметка о переименовании.“. sfw.so. 2021-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  3. „Рада переименовала пгт Новгородское Донецкой области в Нью-Йорк“ (ru). Интерфакс-Украина. 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  4. „Посёлок Новгородское Рада переименовала в Нью-Йорк“ (ru). ВЕСТИ (2021-yil 1-iyul). 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  5. „Історико-культурний центр "Український Нью-Йорк"“ (ru). www.facebook.com. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.