Yekaterina II Alekseyevna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yekaterina IIdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Yekaterina II

Umumrossiya imperatori
Asl ismi Buyuk Yekaterina II
Tugʻilishi
nem. Sophie Auguste Friederike von Anhalt-Zerbst-Dornburg

21.4.1729
Vafoti 6.11.1796
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Ota-onasi Xristian-Avgust Angalt-TserbstskiyIoganna-Yelizaveta Golshteyn-Gottorpskaya
Bolalari Pavel I Petrovich
Anna Petrovna
Aleksey Grigorevich Bobrinskiy
Imzo
SignatureEkaterina II.jpg

Yekaterina II Alekseevna (1729.21.4 — 1796.6.11) — Rossiya imperatori (1762—96). Nemis knyazlari avlodidan, asli ismi Sofiya Frederika Avgusta Angalt-Tserbstskaya. 1744-yilda Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna panohiga kelgach, pravoslav diniga oʻtgan va Yekaterina Alekseevna nomini qabul qilgan. 1745-yilda Pyotr III ga nikohdangan. Yekaterina II gvardiyachi ofitserlar yordamida saroy toʻntarishi yasagan (1762-yil 28-iyun) Pyotr III ni qamoqqa oldirib, 5-iyulda oʻldirtirgan va oʻzi taxtga oʻtirgan. Uning ichki va tashqi siyosati dvoryanlar manfaatini himoya qilishga, krepostnoylik va mustabid hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 1775-yilgi gubernya islohoti, 1785-yilda dvoryanlarga berilgan imtiyozlar va boshqa tadbirlar dvoryanlar hukmronligini mustahkamlashga xizmat qildi. Yekaterina II davrida Pugachyov qoʻzgʻoloni (1773—75) boʻlgan; rus-turk urushi (1768—74, 1787—91) natijasida Rossiya Qora dengizda uzil-kesil mustahkamlanib olgan; Shimoliy Qora dengiz boʻyi, Qrim, Kuban choʻllari qoʻshib olingan. Sharqiy Gruziya Rossiya tobeligiga qabul qilingan (1783). Ukraina va Belorussiyaning bir qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. Volter va boshqa fransuz maʼrifatparvarlari bilan xat yozishgan. Koʻpgina dramatik, publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]