Nusratulla Jumaxoʻja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nusratulla Jumaxoʻja — (1953, Gʻijduvon shahri) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1999), professor (2001).

Nusratulla Jumaxoʻja
Tavalludi 1953-yil 20-aprel
Buxoro viloyati Gʻijduvon shahri
Yoʻnalish Adabiyotshunoslik
Mukofotlari Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan (1975). Gʻijduvondagi 3-oʻrta maktabda oʻqituvchi (1975—1977), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida laborant, kichik, katta ilmiy xodim (1977—1994). Maʼnaviy va maʼrifiy jamoatchilik markazining „Milliy va umuminsoniy qadriyatlar“ boʻlimi mudiri (1994—1995), Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida Til va nutq madaniyati kafedrasi mudiri (1995—2001), Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi universitet) Oʻzbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasida professor (2001), mudir (2002—2003), oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida professor (2003-yildan).

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Poetik tasvirda peyzajning roli“ (1982), „Gʻoyiblar haylidan yongan chiroqlar“ (1994) va boshqa bir qancha kitoblar muallifi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi (1995)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 394 bet.