Nusrat Aʼzamovich Parpiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Parpiyev Nusrat Aʼzamovich (1931.14.9, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), kimyo fanlari doktori (1976), professor (1981). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1964—76), direktor muovini (1965 — 76), Oʻrta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy tadqiqot instituti direktori (1976—77), Bu-xoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti rektori (1977—89), Toshkent Davlat Universitetida prorektor (1992—94), kafedra mudiri (1989 —94). Toshkent Kimyo-texnologiya instituti rektori (1994—2001), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kimyo-texnologiya boʻlimi raisi (19942000), 2002 yildan OʻzMU anorganik kimyo kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koordinatsion bi-rikmalar kimyosiga oid. P. rahbarligida rangli va nodir metallarning tarkibida azot, kislorod va oltingu-gurt boʻlgan organik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qilishining ilmiy asoslari oʻrganilgan, metallar va ularning birikmalarini oʻta sof holda ajratib olish usullari, molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda sof molibden olishning termik usuli ishlab chiqilgan. Gidrazonlar, gidroksam kislotalari hosilalari asosida 200 dan ortik, yangi koordinatsion birikmalar sintez qilingan. Ilk bor palladiy va kobalt birikmalarining shishga karshi faol taʼsir etishi aniklangan.

Manbalar[tahrir]

  • Kristalloximiya kompleksov metallov s gidrazidami i gidrazonami, T., 1994 (ham-korlikda); Koordinatsion birikmalar kimyo-si, T., 1996 (hamkorlikda); Anorganik kimyoning nazariy asoslari, T., 2000 1—2 qism (hamkorlikda).