Tursunoy Saidazimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tursunoy Saidazimova
Tugʻilgan sanasi tax. 1911
Tugʻilgan joyi Toshkent, Rossiya Turkistoni, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 10-may 1928-yil
Vafot joyi Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi aktrisa, xonanda

Tursunoy Saidazimova (1911, Toshkent – 1928.10.5, Buxoro) – birinchi oʻzbek aktrisasi. Moskva oʻzbek drama studiyasida uqigan (1924—27); 1927-yildan Oʻzbek drama truppasida aktrisa. Qisqa umri davomida oʻzbek va chet el dramaturgiyasidan yorqin obrazlar yaratdi: Mariya Antonovna („Revizor“), Turandot („Malikai Turandot“, 1927), Klariche („Ikki boyga bir malay“) va boshqalar, F. Zafariyning „Halima“ musiqali dramasida Halima obrazini yaratish bilan oʻzbek musiqali sahna ijrochiligida yangi sahifa ochdi. Saidazimova bu spektaklda musiqali drama janrida ilk bor dramatik va vokal komponentlarni birbiri bilan uygʻunlashtirgan holda obraz psixologiyasini, uning ichki dunyosini chukur ochishga erishdi. 17 yoshida vahshiyona oʻldirilgan. Hamza Niyoziy unga atab „Tursunoy marsiyasi“ni yaratgan.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]