Nurota qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nurota qalʼasi - Nurotadagi qalʼa harobasi (taxminan 5—6-asrlar); togʻning etak qismida joylashgan. Asli nomi Hyp, xalq uni hurmatlab, "ota" soʻzini qoʻshib ataydi. Qalʼada katta buloq bor, atrofda undan boshqa oqar suv yoʻq. Suv boshiga egalik qilib, dushman qamaliga bardosh berish maksadida qadimda bulok, ustiga paxsadan qalʼa qurilgan. U bir necha marta taʼNurota qalʼasi.mirlangan. Qalʼaning ichida bulok, boshiga tushib suv olinadigan maxsus yoʻl boʻlgan. Qalʼaning tepasi baland qirlik boʻlgani uchun dushmanni kuzatish maqsadida qirning tepasiga moʻla (burj) qu-rilgan. Moʻla bilan qalʼa orasida yoʻlak boʻlib, uning uz. 60 m. Nurota qalʼasi kadimdan muhim strategi k qalʼa va savdo manzili boʻlgan. Nurota qalʼasida, keyinchalik Buxoro amirligining Nurota begi turgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil