Nozimaxonim koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nozimaxonim koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Olmazor
Uzunligi 1 km
Kim sharafiga nomlangan Nozimaxonim
Koʻchada joylashgan binolar Markaziy tibbiyot davlat arxivi
249-maktab
277-bogʻcha

Nozimaxonim koʻchasi — Olmazor tumanining Beruniy mahallasi hududida. Uzunligi 1 km atrofida.

XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. 1960-yil 24-fevraldan shoira Nozimaxonim nomi bilan yuritiladi[1].

Yoʻnalishida Markaziy tibbiyot davlat arxivi, mahalla guzari, 249-maktab, 277-bogʻcha, shaxsiy uyjoylar va savdo shoxobchalari joylashgan. Tarkibida 7 ta tor koʻcha bor. Qamarniso va Vali Jumaev tor koʻchalari bilan tutashgan. Yaqinida Shifokorlar shaharchasi, Politexnika, Tibbiyot kasb-hunar kollejlari, Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, talabalar turar joyi, „Qamarniso“ toʻyxonasi joylashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.