Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti — yirik ilmiy muassasa. Toshkent shahrida joylashgan. Dastlab 1920-yilda Turkiston universiteti qoshida tashkil etilgan. 1932-yilda Butunittifoq Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti (SoyuzNIXI)ning oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik Markaziystyasigaaylantirildi. 1943— 60 ylarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Tuproqshunoslik instituti, 1961—64 yillarda Oʻrta Osiyo Paxtachilik davlat qoʻmitasinig Tuproqshunoslik instituti, 1965—72 yillarda OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligining Tuprokshunoslik ilmiy tadqiqotlar instituti, 1973—98 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tuprokshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqotlar instituti. 1998-yil 24 iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tarkibida. Institutda (2004): tuproqlar genezisi va geografiyasi; yirik masshtabli xaritagrafiya; tuproklar fizikasi va texnologiyasi; tuproklar kimyosi, fizikkimyosi va mineralogiyasi; agrokimyo; shoʻrlangan tuproqlar genezisi va melioratsiyasi; tuproq unumdorligini boshqarish va baholash; tuproklar bioekologiyasi; tuproq informatikasi; analitik markaz boʻlimlari, shuningdek, tuproq muzeyi, ilmiy kutubxona va tajriba maydonchasi faoliyat koʻrsatadi.

Institutining asosiy ilmiy yoʻnalishlari: tuproklar evolyutsiyasi va tuproq qoplami oʻzgarishlarining genetikgeografik xususiyatlari; tuproq unumdorligi modellarini va tuproq qoplami haqida maʼlumotlar bankini tuzish, tuproklar ekologik holatining oʻzgarishlarini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish va uni boshqarish yoʻllarini ishlab chiqish; eroziyaga uchragan, zichlashgan, gumus holati yomonlashgan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash; shoʻrlangan tuproqlarni shoʻrsizlantirish usullarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi. yerlari tuproqlari monitoringini yuritish va boshqa Institut faoliyati A.N. Rozanov, M. A.’ Pankov, M. A. Orlov, A. 3. Genusov, Ya. M. Nosirov, V. B. Gussak, S. A. Kudrin, B. V. Gorbunov, N. V. Kimberg, S. A. Roʻjov, I. N. Felitsiant, A. A. Dimo, V. A. Kovda, O. K. Komilov, H. Maxsudov, Ye. K. Kruglova, A. M. Rasulov, M. U. Umarov, J. Sattorov, T.S. Zokirov, I. T. Turopov, R.Q. Qoʻziyev kabi olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Institutda aspirantura, doktorantura bor. Ilmiy ishlar, monografiyalar nashr kiladi. Respublikadagi oliy oʻquv yurtlari, xorijiy mamlakatlar ilmiy muassasalari bilan ilmiy aloqalarga ega. Bonn universiteti (GFR) bilan YUNESKO doirasida va suv resurslaridan samarali foydalanish dasturi boʻyicha hamkorlik kiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil