Kontent qismiga oʻtish

Nonna Karakashyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Nonna M. Karakashyan (qizlik familyasi Nonna M. Avanesova, armancha: Նոննա Կարակաշյան 1940-yil 13-fevralda tugʻilgan) FIDE xalqaro hakamlik unvoniga sazovor boʻlgan birinchi arman ayol sportchisi(1992). U shaxmatchi va murabbiy sifatida nom qozongan. Uning familiyasi Karakashian sifatida ham yozilishi mumkin.

Nonna Karakashyan xizmat koʻrsatgan murabbiy Suren Abramyanning shogirdi boʻlgan. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida uch karra Ozarbayjon chempioni (1961,1963,1964), 1955 –1964-yillarda esa terma jamoa aʼzosi boʻlgan. U shahmatdan tashqari muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini ham olgan.

1979-yilda Karakashyan Ozarbayjonning Boku shahrida „Trudovye rezervi“ shaxmat klubini tashkil etgan, bu SSSRda kasb-hunar kollejlari talabalari uchun birinchi shaxmat klubi hisoblanadi.

1991—1992-yillarda Nonna Karakashyan Armaniston shaxmat federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[1].

Nonna Karakashyan SSSR ayollar oʻrtasidagi 51-ochiq chempionati final turnirining bosh hakami (Lvov, Ukraina, 1991-yil), ayollar oʻrtasidagi jahon nomzodlar turniri (Tsxaltubo, Gruziya, 1988), Butunjahon shaxmat olimpiadalari (Moskva, Rossiya, 1994 va Yerevan, Armaniston, 1996) va bir nechta Tigran Petrosian xotira turnirlari (1984–1991, Armaniston) doirasida boʻlib oʻtgan bahslarda hakam boʻlib faoliyat yuritgan.

Hozirda Nonna Karakashyan Nyu-Jersi (AQSh) Edison shahrida[2] shaxmatdan dars berib kelmoqda.

Uning qizi Narine Karakashian shaxmat boʻyicha xalqaro usta, hozirda psixologiya fanlari doktori unvoniga ega. 1992-yilda Filippinning Manila shahrida boʻlib oʻtgan FIDE kongressida ona va qiz xalqaro shaxmat unvonlari bilan taqdirlanishgan.

Shaxsiy sahifasi FIDE saytida

Chess classes in New Jersey – website of Nonna Karakashyan

School Plus – Sunday school in New Jersey – The History of Chess in Azerbaijan /in Russian/

„Armenian Stars of Baku Sport“ – Noev Kovcheg magazine, 2008, # 8 (131) /in Russian/.

„The Dream of My Life“ – interview with Nonna Karakashyan /in Russian/.

„When we were young…“ – interview with Nonna Karakashyan about Woman International Grandmaster Tatiana Zatulovskaya /in Russian/.

„First Chess Teacher of Levon Aronian“ – Nonna Karakashyanʼs article about Ludmila Finareva Noev Kovcheg magazine, 2013, # 14 (220) /in Russian/.

„From New Year Mail“, about chess classes of Nonna Karakashyan in New Jersey /in Russian/.

„For the 80th anniversary of Nona Gaprindashvili“ – Nonna Karakashyanʼs article /in Russian/.

Alexander Sarychev, „Nice Debut“, „Proftekhobrazovanie“ magazine (USSR), 1981, # 3 (430), p. 54 /in Russian/.

Nonna Karakashyan interview for Chess Retro YouTube channel (in Russian) – June 22, 2021.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]