Bozorboy Nodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nodirov Bozorboydan yoʻnaltirildi)

Bozorboy Nodirov (1937.7.4, Nukus) — qoraqalpoq xonandasi (dramatik tenor). Qoraqalpogʻiston (1977) va Oʻzbekiston (1982) xalq artisti. Kuchli va jarangdor ovoz sohibi. Nukus sanʼat bil im yurtida oʻqituvchi (1969-yildan), Berdaq nomidagi musiqali drama va komediya teatrida yakkaxon xonanda (1975—93). Opera sahnasida Onegin (P. Chaykovskiy, "Onegin"), Aleko ("Aleko", S. Raxmaninov), Josus ("Ajiniyoz", N. Muhammaddinov) kabi rollarni ijro etgan. Konsert reper-tuaridan qoraqalpoq xalq ("Jeti asi-rim", "Gulzar", "Tarlan", "Nigo-rim" va boshqalar) va bastakorlar ("Elim bor", "Jigirma beste", "Xalqim", "Tugan jerge", K. Abdullayev va boshqalar) qoʻshikdari oʻrin olgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1987).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil