Najimaddin Muhammaddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Najimaddin Muhammaddinov (1937.26.8, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq kompozitori. Qoraqalpogʻiston (1974) va Oʻzbekiston (1977)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Olmaota konservatoriyasini tugatgan (1971). Berdaq nomidagi Qoraqalpoq filarmoniyasi badiiy rahbari (1971—77), Qoraqalpogʻiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1977— 88), Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri (1986—99), Nukus sanʼat kolleji direktori (1999 yildan). "Birinchi qoraqalpoq simfoni-yasi", birinchi milliy opera ("Ajiniyoz", 1987) va baleti ("Ayjamal", 1997) ni yaratgan. Simfonik va vokalsimfonik, kamer-cholgʻu (fortepiano uchun sonata, variatsiyalar va boshqalar) va ka-mervokal (mas, "Nereste" balladasi) asarlari, "Keng dala", "Quvnoq oʻlkam", "Boʻlmas", "Yeryor aytayin", "Mustaqillik gullari" qoʻshiklari muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil