Bozorboy Nodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bozorboy Nodirov (1937.7.4, Nukus) — qoraqalpoq xonandasi (dramatik tenor). Qoraqalpogʻiston (1977) va Oʻzbekiston (1982) xalq artisti. Kuchli va jarangdor ovoz sohibi. Nukus sanʼat bil im yurtida oʻqituvchi (1969 yildan), Berdaq nomidagi musiqali drama va komediya teatrida yakkaxon xonanda (1975—93). Opera sahnasida Onegin (P. Chaykovskiy, "Onegin"), Aleko ("Aleko", S. Raxmaninov), Josus ("Ajiniyoz", N. Muhammaddinov) kabi rollarni ijro etgan. Konsert reper-tuaridan qoraqalpoq xalq ("Jeti asi-rim", "Gulzar", "Tarlan", "Nigo-rim" va boshqalar) va bastakorlar ("Elim bor", "Jigirma beste", "Xalqim", "Tugan jerge", K. Abdullayev va boshqalar) qoʻshikdari oʻrin olgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1987).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil