Nodirjon Mirzaahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nodirjon Mirzaahmedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 3-iyun 1994-yil (1994-06-03) (29 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Boks
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Oltin Bangkok 2019 49kg gacha
Oltin Dubay 2021 49kg gacha

Nodirjon Mirzaahmedov (1994-yil 3-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek bokschisi, yengil vazn toifasida ringga koʻtariladi. Havaskorlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021).

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nodirjon Mirzaahmedov 1994-yil 3-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. U sportchi oiladan chiqqan, otasi va akasi ham boks bilan shugʻullanishgan. Boʻlajak bokschi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan[1].

Nodirjon yoshligidan Toshkent shahar Uchtepa hokimligi qoshidagi sport zalida murabbiy Renat Muxamedjanovich Yusupov qoʻl ostida boks bilan shugʻullana boshlagan. 2013-yilda u havaskor boksdagi faoliyatini boshlagan[2]. 2015-yilda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida finalda Hasanboy Doʻsmatovga magʻlub boʻlib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[3].

2018-yilda Oʻzbekiston chempionatida 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda boks boʻyicha Osiyo chempionatining 49 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi finalida u hindistonlik bokschi Dipak Singxni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Uchtepa tuman hokimligi, Uchtepa tuman hokimligi. „Ловкость, упорство, воля к победе“ (ru). Teletype (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
  2. „BoxRec: Nodirjon Mirzakhmedov“. boxrec.com. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
  3. „Uzbekistan National Boxing Championships“ (en-US). ASBCNEWS. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.