Nodirbek Primqulov
Nodirbek Primqulov | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Primqulov Nodirbek Abduxozirvich 18-sentyabr 1998 |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Janr | pop musiqasi, pop-folk |
Faoliyat yillari | 2012-yildan — hozirgi vaqtgacha |
Nodirbek Primqulov (oʻzbekcha: Nodirbek Primqulov; 1998-yil 18-sentyabrda tugʻilgan; Namangan) — oʻzbek estrada xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1][2].
Primqulov ijodiy faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Primqulov 2016-yilda „Yomgʻirlar“ qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlgan.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nodirbek Primqulov 1998-yil 18-sentabrda Namangan shahrida tugʻilgan. 1997-2008-yillarda shu shahardagi 34-maktabda tahsil olgan. 2014-2017-yillarda Namangan akademik litseyida tahsil olgan[3][4].
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-2016-yillarda Namangan sanʼat bilim yurtida vakal yoʻnalishida tahsil olgan. 2016-yil boshida Primqulov oʻzining birinchi „Chiroylisan“ qoʻshigʻini chiqardi va bu qoʻshiq Primqulovga katta shuhrat keltirdi. 2016-yil oxirida „Yomgirlar“ deb nomlangan qoʻshigʻini chiqardi[5]. Bu qoʻshiq Primqulovga unchalik omad keltirmaydi. 2017-yilda Primqulov oʻzining „Maryamjon“ deb nomlangan qoʻshigʻini muxlislariga taqdim etadi[6]. „Maryamjon“ qoʻshigʻi Primqulovga katta shuhrat keltirdi. 2018-yilda Primqulovning „Ramazon“ deb nomlangan qoʻshigʻida koʻp jihatlar ochib berilgan. „Ramazon“ qoʻshigʻi nafaqat yoshlar, balki kattalar orasida ham mashhur boʻlib bormoqda. 2019-yil boshida Primqulov oʻzining navbatdagi „Afsonalar vodiysi“ nomli qoʻshigʻini taqdim etdi. Primqulovning muxlislari „Afsonalar vodiysi“ qoʻshigʻini iliq kutib olishdi. 2019-yil oxiriga kelib u „Namangon“ qoʻshigʻini chiqardi, bu esa Namangada Primqulovga talabni oshirdi[7]. 2022-yilda „Yurak“ deb nomlangan qoʻshigʻini[8] taqdim etdi. 2022-yilda Primqulov „Onamni kelini“ va „Gʻozal“ qoʻshiqlarini chiqardi va oʻsha yili Primqulov „Qadri Osmonim“ deb nomlangan birinchi musiqiy albomini chiqardi[9][10].
Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Namangan ovozi — 2016-yilning eng yaxshi xonandasi
2018-yilning eng yaxshi xonandasi
Qoʻshiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Yomgʻirlar“
- „Chiroilisan“
- „Marjon“
- „Ramazon“
- „Afsonalar vodiysi“
- „Qadri Osmonim“
- „Namangan“
- „Hadis“
- „Yurak“
- „Gʻoʻzal-gʻoʻzal“
- „Onamni kelini“
Albom[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sol | Albom |
---|---|
2022 | Qadri Osmonim |
Videografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klip | Rejisser |
---|---|
„Qadri Osmonim“ | Ibrohim Alifboyev |
„Afsonalar vodiysi“ | Ibrohim Alifboyev |
„Hadis“ | Ibrohim Alifboyev |
„Jabr chekkan yurak“ | ? |
„Ishonmasam“ | Ibrohim Alifboyev |
„Men seni topaman“ | Ibrohim Alifboyev |
Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmlar | ||||
---|---|---|---|---|
Yil | Rus tilida sarlavha | Oʻzbekcha ism | Rol | Eslatmalar |
2015-yil | Sumalak | Sumalak sayli | Nodirbek | musiqiy film |
2016-yil | Yangi Yil kechasi | Yangi yil Oqshomi | Qirol | musiqiy film |
2018 | Navroʻz | Navroʻz sayli | ashulachi | musiqiy film |
2020-yil | Sevimli yangi yil | Sevimli yangi yil | Bek | musiqiy film |
2021-yil | Yangi yilingiz bilan | Yangi yil bilan | Nodir | musiqiy film |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Nodirbek Primkulov: Ya nikogda nikomu ne podrajaluzdaily.uz
- ↑ Nodirbek Primkulov — redkie klipi, fotografirovannie primkulovim!uz24.uz
- ↑ Nodirbek Primkulov — xonanda oʻzi haqida
- ↑ Xonanda Nodirbek Primkulov haqida:savol-javob.com
- ↑ Nodirbek Primqulov: Oʻzim tugʻilib oʻsgan zaminni kuylashni yaxshi koʻramanyuz.uz
- ↑ Nodirbek Primqulov (Nodirbek Primkulov) — Biografiyamuzfm.tv
- ↑ NODIRBYeK PRIMQULOV IJODIDAGI SURATGA OLDIRILGAN KLIPLAR! Wayback Machine saytida arxivlandi (2022-08-25).nuz.uz
- ↑ Nodirbek Primkulov haqidamalumot.ru
- ↑ Nodirbek Primkulov — Xonandaning yangi alboʻmitaronatv.net
- ↑ Primkulov: Mne nravitsya vospevat rodnoy krayvesti.uz