Nobar hammomi
38°04′28″N 46°17′38″E / 38.07444°N 46.29389°E
Nobar hammomi Eronning Tabriz shahridagi tarixiy jamoat hammomlaridan biridir. U Tabrizning qadimgi darvozalaridan biri Nobar darvozasi yaqinida, shaharning markazida qurilgan. 700 metr kvadrat joyni egallagan hammom 1994-yilgacha jamoat hammomi sifatida foydalanilgan. Uning xarobalari Sharqiy Ozarbayjon ustoni Madaniy meros tashkiloti tomonidan qayta tiklangan va Eron milliy merosining bir qismi sifatida roʻyxatga olingan.
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erondagi boshqa hammomlar kabi Nobar hammomining ham tor yoʻlakchasi, Sarbino (odamlar kiyinib, yechinadigan joy), isistish markazi, suv havzasi hamda gʻisht va koshinlar bilan bezatilgan Gʻarmxonasi (yuvish qismi) mavjud. Bundan tashqari, shoh oilalari uchun moʻljallangan Shohnishin deb nomlangan shaxsiy hammom xonalari mavjud edi.
Qayta tiklanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nobar hammomining qayta tiklanishi 6 yil davom etdi. Restavratsiyadan keyin u jihozlanib, daraxt qismlari va choyxonaga boʻlingan anʼanaviy restoranga aylantirilgan. Yuqori qavatda kaboblar va boshqa mahalliy taomlar hamda shirinliklar taqdim etiladi.