Islom Azad universiteti (Tabriz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Azad universiteti
(IAUT)
Asl nomi
  • دانشگاه آزاد اسلامی واحد تبریز

Shiori forscha: آرمان ایرانی برای جهانی شدن (tarjimasi:Eronning globallashuvga intilishlari)
Asos solingan 14-noyabr 1982-yil
Oʻquv yurti turi xususiy universitet
Talabalari 20,785 nafar
Manzili Tabriz, Eron
Vebsayti tabriz.iau.ir

Koordinatalari: 38°2′37.463999999999″N 46°23′17.188800000009″E / 38.04373999999999967°N 46.38810800000000256°E / 38.04373999999999967; 46.38810800000000256 G O


Islom Azad universiteti, Tabriz filiali (IAUT) (forscha: دانشگاه آزاد اسلامی واحد تبریز) Eron Islom Azad universitetining Tabriz shahridagi eng katta va ikkinchi eng qadimgi filiali. Islom Azad universitetlarining global universitet reytingi US News boʻyicha 394 va CWUR reytingiga koʻra 342 natijan qayd etadi. Tabriz filiali psixologiya va arxitektura yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi filial hisoblanadi[1][2][3].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom Azad universitetining Tabriz filiali quyidagi yutuqlarga erishgan[4]:

  • Islom Azad universitetining 400 ga yaqin filiallari orasida 4-oʻrinda va Scimago institutlari reytingi boʻyicha Erondagi barcha universitetlar orasida 41-oʻrinda.
  • Saudiya Arabistonida Baytulloh al-Harom ziyoratchilari xalqaro musobaqalarida 2-oʻrinni egallagan.
  • Eron milliy botanika bogʻining kirish eshigini loyihalashda 1-oʻrinda.
  • Eronda IAUning birinchi yosh tadqiqotchilar klubini tashkil etgan.
  • AQSHning xalqaro beton kub musobaqalarida 2-oʻrinni egallagan.
  • Malayziya Fanlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan XVIII ixtirolar va innovatsiyalar festivalida talabalari kumush medal sohibi boʻlgan.
  • Xorvatiyada boʻlib oʻtgan 7-xalqaro zamonaviy ixtirolar va texnologiyalar tanlovida 3-oʻrinni egallagan.
  • Tabriz Islom Azad universiteti (Ali Bahoriy) talabalaridan biri Shveytsariyadagi xalqaro musobaqalarda oltin medalni qoʻlga kiritgan.
  • Janubiy Koreyadagi 200 ta davlat orasidan Tabriz yosh tadqiqotchilar klubi aʼzosi tomonidan jahon ixtirochi ayollarining ikkita oltin medali, haykali va faxriy diplomini qoʻlga kiritgan.
  • Elsevier institutining Scopus 2014 mukofotini eronlik yosh olim sifatida Tabriz Islom Azad universiteti akademik aʼzosi doktor Muhammadali Behnejodiy qoʻlga kiritgan.
  • Tabriz Islom Azad universiteti talabalari Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilgan 12-xalqaro ixtirolar festivalida oltin va kumush medalni qoʻlga kiritgan
  • Thomson Reuters (ISI) ga qarashli ESI institutining yanvar oyidagi jahon olimlari reytingiga oid soʻnggi hisobotiga koʻra, Tabriz Islom Azad universitetining ikki akademik aʼzosi, doktor Muhammadali Behnejodiy va doktor Nosir Modirshahla xalqaro olimlar sifatida tanishtirilgan. Bu faoliyat 2004-yil 1-dan 2014-yil 30-dekabrgacha davom etgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]